Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari

  Kafedrada 1-  kursdavolash, pediatriya, tibbiy profilaktika, fundamental tibbiyot, stomatologiya, oliy hamshiralik ishi yo’nalishi talabalariga “Tibbiy biologiya. Umumiy genetika” fanidan ta’lim beriladi. Shuningdek, Qo‘shma ta’lim fakultetining Davolash ishi (Turkiya) yo‘nalishi talabalariga “Hujayra va uning metabolizmi”, “Genetika va hujayra sikli” fanlaridan, Davolash ishi (Qo‘shma PIMU) yo‘nalishi talabalariga “Biologiya” fanidan, Fundamental tibbiyot (qo‘shma ta’lim) yo‘nalishi talabalariga “Parazitologiya” va “Tibbiy hujayra biologiyasi” fanlaridan ta’lim beriladi.

Bundan tashqari, Xalqaro ta’lim fakultetiga tegishli xorijiy talabalarga “General Medicine” fanidan, 4-kurs Tibbiy biologiya fakulteti talabalariga esa “Molekulyar genetika” fanidan tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida ta’lim beriladi.

  O’qitish har bir kurs va fa’kultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:

– Ishchi o’quv reja;
– Davlat ta’lim standarti;
– Modul  dasturi;
–Modul ishchi dastur;
–Kalendar tematik reja;
– Ishchi daftar

  Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan:

– O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar;
– tasdiqlangan malaka talablari;
– xalqaro tavsiyalar;
– zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
–tarqatma materiallar;

  O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
  Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar, prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv dasturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barcha bo’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.
  Kafedra kutubxonasi:
  • Кutubxonada ingliz, o’zbek va rus tillaridagi 50 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
  • Elektron kutubxona darslik, monografiya, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.

Kafedrada xodimlari tomonidan chop qilingan o’quv qo’llanmalar.

  Kafedrada xodimlari tomonidan chop qilingandarsliklar

6aaa3bc2c69ad.jpg

6aaa3bcadf956.jpg