Kafedra o'quv va o'quv-metodik ishlari
Xalqaro ta’lim, davolash, stomatologiya va pediatriya fakultetlari uchun umumiy xirurgiya (3-kurslar); - Oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalari uchun jarrohlik va xarbiy dala jarohligida hamshiralik ishi (2-kurs), - Davolash fakulteti uchun tibbiyot kasbiga kirish (xirurgiya) (1-kurs), - Oliy hamshiralik ishi fakulteti talabalari uchun xirurgiya va dala xirurgiyasi (3-kurs).
O’qitish har bir kurs va fakultet uchun quyidagi tasdiqlangan hujjatlar bo’yicha olib boriladi:
Kvalifikatsion xarakteristika; – Davlat standarti; – O’quv dasturi; – O’quv ishchi dastur; – Тa’lim texnologiyalariga quyidagilar kiritilgan: – O’zR SSV №80 buyrug’iga asosan o’zgartirishlar; – tasdiqlangan tashxis standartlari; – xalqaro tavsiyalar; – zamonaviy ta’lim texnologiyalari (grafik organayzerlar, keys texnologiya va proekt usuli).
O’qitish jarayonida quyidagi texnik ta’minotlar mavjud:
Telekommunikatsion tizim tashkil qilingan bo’lib, mavzuga oid videofilmlar,prezentatsiyalar, multimediya dasturlari, ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar markaziy kompyuterga ulangan televizorlar yordamida namoyish etiladi. O’quv asturiga asosan tuzilgan unifitsirlangan o’qitish uchun mo’ljallangan va o’quv dasturining barchab o’limlariga to’g’ri keladigan skanerlangan tasvirlarning yagona banki mavjud.

- Кutubxonada ingliz, o’zbek va rustillaridagi 30 dan ortiq o’quv adabiyotlar mavjud.
- Elektron kutubxona darslik, atlaslar, o’quv qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Talabalar bilan davolash ishlarida mumtazam jalb qilinib boriladi.

Assistent PhD. Rustamov I.M. Xalqaro MD talabalari bilan operatsion amaliyotdan lavhalar.


Assistent PhD. Shodmonov A.A. bilan talabalar hamda Ozarbayjon tibbiyot universiteti jarrohlari bilan lazer xirurgiyasi doirasida master kass jarrohlik amaliyotlari jarayonidan lavhalar: