Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    Kafedra tarixi

      1930-yilda O`zbekiston Davlat universiteti tashkil etilib, uning tarkibiga tibbiyot fakulteti ham kirdi. Umumiy jarroxlik kafedrasi 1932 yilda tashkil etilgan bo`lib, uning asoschisi prof. Kozirev A.A. 1937 yilgacha kafedrani boshqargan 1937-1942 yillarda kafedraga prof. Sushevskiy A.V., keyingi 7 yil dots. Medvedkov V.F. boshqardi.

      1961-1965 yillarda kafedrani professor Aripov A.A. boshqardi. Uning raxbarligida bir nechta kandidatlik dissertasiyalar himoya qilindi. Keyinchalik dots. Gusev L.K. (1965-1969, 1975 -1977), prof. Seitumerov M.S. (1970-1973), prof. Britun A.I. (1974-1975), prof. Hamdamov X.X. (1977-1983), prof. Rustamov I.R. (1983-1987) boshqargan. Bu davrda 1970-1987 yillarda kafedraning koʻplab xodimlari (Artamonov V.I., Ashurova M.R., Bayramov U, Budagov R.S., Rasulov B.K., Gaffarov S.S., Jumabaev T.J., Tillyabaev R.T.) nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar. Sobirov B.U. 1986 yilda va Rasulov B.K. 1988 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar.

      1987 yildan prof. Sobirov B.U. kafedra rahbari etib saylandi. Kafedra 1996 yilda SamMI 1-sonli klinika bazasida fakultet jarrohligi kafedrasi bilan birlashtirildi va 1-sonli jarrohlik kafedrasi deb nomlandi. 2004 yildan kafedraga prof. Rasulov B.K. - (Samarqand viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh jarrohi) boshchilik qildi. 2017 yildan boshlab kafedra mudiri Sherbekov U.A.

      Oʻktam Aripovich Aripov (1927.3.1, Samarqand viloyati — 2001.14.12) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi aʼzosi (2001), Beruniy nomli Davlat mukofoti laureate (1983). Tibbiyot fanlari doktori (1963). Professor (1964). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1958). Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967). Oʻzbekiston SSR FA akademigi (1974). 1948 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. U klinik ordinator (1948), assistent (1950), dotsent (1956), professor (1964), Umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri, davolash fakulteti dekani, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida faoliyat olib borgan. U.A.Aripovo`z davrining taniqli sog‘liqni saqlash tashkilotchisi 1952-1956 yillarda SamMI 1-sonli klinika bosh vrachi bo‘lib ishlagan.

      1953 yili nomzodlik dissertatsiyasini, 1963 yili esa doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan.

      1964-1971- yillar Sog`liqni Saqlash vaziri birinchi o`rinbosari.

      1971-1984- yillar Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori.

      1984-1997-yillar gospital xirurgiya kafedrasi mudiri.

      1991-yil O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi qoshidagi gepatopankreatobilliar xirurgiya ilmiy markazini boshqargan.

      Samarqand Davlat tibbiyot institutida asosiy ilmiy yo`nalishi kombinatsiyalangan radioaktiv travmalardan keyingi kompensator muammolar mavzusida bo`lgan.

      1971-yilda organ va toʻqimalar transplantatsiyasida toʻqimalarning nomuvofiqligini bartaraf etish boʻyicha Muammoli tadqiqot laboratoriyasini tashkil etdi, bu laboratoriyada jahon amaliyotida birinchi marta eshakning limfotsitlarga qarshi zardobi va globulin olindi, ular buyrak transplantatsiyasida muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

      1972 y. 14 sentyabrda Toshkentda birinchi marta buyrak ko`chirilib o`tkazildi.

      1983-yilda hamkasblari bilan birgalikda surunkali buyrak yetishmovchiligi, surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og‘rigan bemorlarni davolashning yangi, mahalliy immunosupressiv dorilarni yaratish, takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish, klinik amaliyotga joriy etgani uchun fan va texnika sohasida A.Beruniy nomidagi O‘zbekiston   Davlat mukofoti sovrindori bo‘lgan.   

      Muammoli laboratoriyasi va institutning fakultet xirurgiya kafedrasi tomonidan qorako‘l qo‘ylarining me’da osti bezining orolcha hujayralarini ko‘chirib o‘tkazishning I turdagi qandli diabet kasalligini davolashda keng qo‘llaniladigan noyob texnikasi ishlab chiqildi.

      Uning rahbarligida 26 ta doktorlik va 65 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

      Rustamov Isomiddin Rustamovich 25 iyun 1936 y. Samarqand viloyatining Bulung`ur tumanida tug`ilgan. 1961 y. Samarqand meditsina institutining davolash fakultetini tamomlagan. Xirurgiya bo`limi mudiri, Bulung`ur tuman markaziy shifoxonasining bosh vrachi lavozimida faoliyat olib borgan.

      1964 yildan fakultet xirurgiyasi kafedrasi aspiranti, 1967 yilda professor F.M. Golub rahbarligidanomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1974-1983 yillarda fakultet xirurgiya kafedrasi dotsenti.

      1980 yilda akademik A.A. Shalimov rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini himoyaqildi. Umumiy xirurgiya kafedrasi mudiri (1983-1987), fakultet xirurgiya kafedrasi mudiri (1987-1997) lavozimlarida ishlagan. Uning rahbarligida 1 ta doktorlik va 11 ta nomzodlik dissertatsiyalari (Mun L.A., Tursunmetov A.A., Saidmurodov B.S., Odilov O.X., Bobokalanov Sh.I., dots. Abdujalilov A.A., Murtazaev Z.I., Kurbaniyazov Z.B., Abdug‘aniev A.A., Axmedov A.Z., Achilov M.T., Julbekov K.I.) himoya qilindi.

      1997-yildan ambulator xirurgik markaz mudiri, Bulung‘ur markaziy tuman kasalxonasi xirurgiya bo‘limi mudiri (1998-2000) va 2000 yildan umrining oxirigacha Samarqand tibbiyot instituti malaka oshirish fakulteti xirurgiya kafedrasi professori lavozimida ishlagan.