Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Odam anatomiya o’quv – simulyation xonasi

Odam anatomiyasi fani bo’yicha simulyation xonasi – bu  “Pirogov” interfaol anatomik stoli bilan jihozlangan bo‘lib, yangi zamonaviy ta’lim modeliga asosan tibbiy ta’limda o‘qitishning innovatsion shakllarini amalga oshiradi va VI avloddagi fantomlar, mulajlar, virtual robotlashtirilgan manekenlaridan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

  Talabalarning odam anatomiyasi yo‘nalishi bo‘yicha simulyatsiya ta’limi imkoniyatlarining paydo bo‘lishi yangi, istiqbolli va zarur yo‘nalishlardan biridir. 

  Anatomiyada yangi 3-D o’lchamli imkoniyatlarga ega ko‘rsatkichdan foydalanish talabalarga nafaqat kuzatish, balki barcha amaliy ko‘nikmalarni mustaqil o‘tkazish va pәnni o‘zlashtirish vaqtida yaratilgan turli vaziyatlarni hal etish imkonini beradi.

  Anatomiya xonasining maqsadlari:

  Odam anatomiyasi fani bo‘yicha talabalarda amaliy ko‘nikmalarini 3-D o’lchamli interfaol anatomik “Pirogov” stoli yordamida amalga oshirish.

  Anatomiya xonasining vazifalari:

  • Amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish va talabalarning odam anatomiyani o‘zlashtirishda psixologik tayyorligini oshirish;
  • Talabalarda odam anatomiyasi fani bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar nisbatini baholash;
  • Talabaning foydalanilayotgan bilimlarini patologiya bilan normani nisbatan o‘rganilgan amaliy ko‘nikmalar asosida baholash;
  • Anatomlar jamoasida amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish.

  Anatomiya simulyatsiya xonasi 1 zonadan iborat:

  • “Pirogov ” interfaol anatomik stolining o‘quv-virtual xonasi

  Interfaol anatomik stol «Pirogov» 

  Kompleks materiallardan tayyorlangan chidamli korpusga integratsiyalashgan shaxsiy kompyuterga ega plazma panelidan (Full HD/4K) iborat apparat-dastur majmuasidan iborat boʻlib, u ichki qismining LED yoritgichini mavjud bo’lib, oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

  • Rossiya shifokor va ishlab chiqaruvchilar jamoasi tomonidan anatomik ob’ektlarni 3D modellashtirish texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan zamonaviy dasturiy ta’minot;
  • Erkak va ayollar organizmining uch o‘lchamli modellarining har bir anatomik tuzilmalarning odamning normal anatomiyasiga xos belgilari bo‘lgan batafsil anatomik atlasini ko‘rsatish;
  • O‘quv ma’lumotlarini sensorli boshqarish va mulьtimedia tarqatish bilan anatomiyani o‘qitish uchun ilg‘or interfaol uskunalar ishlab chiqarish.

  “Pirogov ” interfaol anatomik stoli va raqamli atlas Samarqand davlat tibbiyot universitetining odam anatomiyasi kafedrasida va universitetning Simulyation markazida barcha mutaxassislik talabalari bilan mashg‘ulotlar davomida foydalanilib kelinmoqda. Ushbu anatomik stol o‘zining samaradorligini va foydaligini, bugungi kunda anatomik materialning etishmasligida ayniqsa zarur va muhim ekanini isbotlab berdi. Pirogov stoli, ayniqsa, xorijiy talabalar bilan mashg‘ulotlaro’tkazish jarayonidazarur, chunki ularga odam tana tuzilishi va materialni tushuntirish, virtual anatomik modelida ko’rsatish, tushuntirish qulay va samarali hisoblanadi.

  Bugungi kunga kelib biz mazkur interfaol anatomik stolning quyidagi imkoniyatlarini aniqladik:

  • Talabalarning normal va topografik anatomiya sohasidagi asosiy bilimlarini ularga mutaxassislik bo‘yicha yanada o‘qitish uchun zarur bo‘lgan hajmda nazorat qilish.
  • Kiritilgan test nazorat savollari o‘tkazilishi natijasida aniqlangan normal va topografik anatomiya sohasidagi etishmagan bilimlarni talabalarning guruh yoki yakka tartibdagi mustaqil ishlashi orqali to‘ldirish.
  • Operativ xirurgiya va topografik anatomiya bo‘yicha maxsus mavzularni rejali o‘rganishda 3-D namoyishdagi modellardan muntazam foydalanish.

  «Pirogov » anatomik stolidan foydalanib, talabalarga ichki organlar sintopiyasini 3D rejimda to‘liq tushuntirish, UZI, KT va MRT bilan kesimlar bilan solishtirish, ko‘plab xirurgik imkoniyatlarning afzalliklari va kamchiliklarini ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari, talabalar o’zi biron – bir a’zoni 3-D modelini yaratish orqali klinik-anatomik vazifalarni mustaqil hal etishda ko‘plab patologik belgilar va sindromlarning rivojlanish jarayonini tushuntirish va taqdim etishlari mumkin.

  Shu tariqa, “Pirogov ” interfaol anatomik stolibarcha mutaxassisliklarningtalabalariga odam anatomiyasi, shuningdek, klinik anatomiya va operativ xirurgiya kabi morfologik va klinik fanlarni tezkor va to’liq o‘zlashtirish, shuningdek, kelajakdagi kasbiga oid materiallarni mukkamal o’rganishbilan tushuntirib beradi.