Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti tarkibida 1931 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bu kafedraning tashkil etilishida asosiy tashabbuskorgistologiya kafedrasi professori Semenov Grigoriy Mixaylovich hisoblanadi.
Professor G. M. Semenov.
U nafaqat o‘z mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli shifokor, balki bundan tashqari gelmintologiya va tibbiyot tarixi bilan ham qiziqqan hamda O‘zbekiston ilmiy tadqiqotlar instituti serologiya bo‘limida rahbarlik qilib ko‘plab yangiliklarn yaratishga muvoffaq bo‘lgan. SamDTIda mikrobiologiya fanini o‘qitishni tashkil etish zarurati tug‘ilganda, professor G.M.Semenov mikrobiologiya kafedrasini tashkil qildi va 1931-1932 o‘quv yili davomida u 2-kurs talabalari uchun ma’ruzalar o‘qidi.
dotsent S.I.Grishin.
1930 yildagi Mikrobiologiya kafedrasining birinchi assistenti sifatida Sergey Ivanovich Grishin e’tirof etiladi. U 1934 yilda dotsent vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishladi hamda 1935 yilda dotsent ilmiy unvonini oldi. SamDTI Mikrobiologiya kafedrasida Sergey Ivanovich Grishin 1938 yilgacha ishladi.
1939 yil may oyidan boshlab kafedra mudiri lavozimiga O‘zbekiston epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy tadqiqotlari instituti katta ilmiy xodimi professor Fedor Iosifovich Shevchenko tayinlandi va u 1939 yil 1 avgustdan boshlab o‘z vazifasini bajarishni boshladi.
professor F.I.Shevchenko
Professor F.I Shevchenko vafotidan keyin kafedrani 1970 yildan 1995 yilgacha professor M.A. Axtamov boshqardi.
professor A.X.Raximov
Bu davr Respublikamizda oliy ta’lim tizimida katta islohatlar davriga to‘g‘ri kelib kafedra tuzilmalarida o‘zgartirishlar kiritildi. Shu jumladan mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi gistologiya va embriologiya kafedrasiga birlashtirilib mikrobiologiya kurs sifatida faoliyat yurita boshladi.
Professor A. X. Raximov vafotidan so‘ng 2010 yildan 2012 yilgacha mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kursini katta o‘qituvchi Shayqulov Hamza Shodievich boshqardi.
katta o‘qituvchi Shayqulov Hamza Shodievich
2012 yildan 2014 yilning so‘ngiga qadar kurs mudiri lavozimida tibbiyot fanlari nomzodi Sa’dinov Paxlavon Omonovich faoliyat olib bordi.
Sa’dinov Paxlavon Omonovich
2017 yildan ta’lim tizimidagi islohatlar davom etib mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kursi mustaqil kafedra maqomiga ega bo‘ldi va 2017 yil oktabr oyidan 2020 yilgacha kafedrani biologiya fanlari nomzodi Vaxidova Adolat Mamatkulovna boshqardi.
b.f.n. Vaxidova Adolat Mamatkulovna
Bu davrda esa kafedrada b.f.n., Boltaev Komil Sultonovich, Shayqulov Hamza Shodievich, Muratova Zberziat Taxirovna, Xudayarova Gavxar Nurmamatovna, Yusupov Mashrab Ismatillaevich, Odilova Gulnoza Maxsudovna, Mamarasulova Nafisa Isrofilovna, Oripova Pokiza Olimovna, Balayan Emma Vladimirovna, Xujaqulov Davron Abduxakimovich, Boboqandova Mehriniso Fazliddinovna, laborant Mamatova Ozoda Baxramovnalarfaoliyat yuritishdi.
2019 yil kafedra xodimlari: O‘tirganlar (chapdan): Shaykulov X.Sh., Xudayarova G. N., Vaxidova A. M., Muratova Z. T., Boltaev K. S.
Ikkinchi qatorda: Xujakulov D, A., Mamatova O. B., Odilova G. M., Boboqandova M. F., Mamarasulova N. I., Yusupov M. I.
2020 yil fevral oyida Institut rektorligiga professor Jasur Alimjanovich Rizaev tayinlangach institutda va kafedralar miqiyosida keng islohatlar boshlandi. Shu jumladan mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasida ham yangi davr boshlandi. 2020 yil sentabr oyidan boshlab kafedra mudirligi lavozimiga assistent Yusupov Mashrab Ismatillaevich tayinlandi.
Yusupov Mashrab Ismatillaevich
Yusupov Mashrab Ismatillaevich 2014 yildan kafedrada assistent o‘qituvchi lavozimida faoliyatini boshlagan.U 2019 yilda VM huzuridagi “El-yurt umidi” fondi tarafidan e’lon qilingan tanlovda ishtirok etdi va stepindiant bo‘lib, Rossiya Federatsiyasining RMANPO institutida malaka oshirib qaytdi. 2020 yilda koronovirus infeksiyasi tarqalishini oldini olishga qaratilgan chora tadbirlarda faol ishtirok etdi. U faqatgina o‘z sohasi bilan cheklanib qolmasdan, ijtimoiy-siyosiy sohada, “Yangi O‘zbekiston-yangicha dunyoqarash” dasturida ham faol ishtirok etib, hokimlik tarafidan e’tirof etildi.