Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Samarqand davlat tibbiyot universiteti

  Markaziy Osiyodagi eng qadimgi tibbiyot instituti bo'lib, yuqori malakali tibbiyot kadrlarini sifatli tayyorlashini ta'minlaydi. Institut go'zal va asrlar davomida ilmiy tafakkur va ajoyib madaniyat markazi bo'lib kelgan Samarqand shahrida joylashgan.

  Samarqand Davlat tibbiyot universitetining tarixi 1930 yil may oyidan, O'zbekiston Xalq Komissarlari Kengashining 7 maydagi 80-sonli qarori bilan O'zbekiston Davlat Tibbiyot Instituti tashkil etilishidan boshlandi. Institut o’z faoliyati davomida 40000dan ortiq malakali shifokorlarni tayyorlab bergan.

  Rektor: Rizaev Jasur Аlimdjanovich, Tibbiyot fanlari doktori, professor, 2020 yil 15 fevraldan.

  Pedagog xodimlar tarkibi: Samarqand Davlat tibbiyot universitetida 712 nafar olim va o'qituvchilar ilmiy va pedagogik faoliyat olib borishadi, shulardan 624 nafari kunduzgi. Ular tarkibiga 58 professor, 65 fan doktorlari, 177 fan nomzodlari, 152 dotsentlar kiradi. Ilmiy salohiyat – 38%; Professor-oʼqituvchilar oʼrtacha yoshi – 44 yosh.

  Moddiy-texnik bazasi:

Hozirgi kunda oliygohda ta’lim 6 fakultet va bakalavriatni 8-yo‘nalishi olib borilmoqda:
 • Davolash fakulteti (1930 y.),
 • Pediatriya fakulteti (1963 y.),
Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (1981 y.),
Tibbiy pedagogika fakulteti (2005 y.),
Oliy hamshiralik ishi fakulteti (2005 y.),
Stomatologiya fakulteti (2009 y.),
Tibbiyot kollejlari raxbar va pedagoglarini malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti (2013 y.),
Tibbiy-profilaktika fakulteti (2016 y.),
"Farmatsiya" yo‘nalishi (2018 y.),
"Tibbiy-biologiya ishi" (2018 y.)

  6 ta fakultet, 53 ta kafedra va 1 ta akademik litsey faoliyat ko’rsatmoqda. Institut moddiy-texnik bazasi rivojlangan mamlakatlardagi oliy o’quv yurtlari darajasida tashkil etilgan, 1190 ta o’quv auditoriyalarida zamonaviy kompyuterlar va 70 ta multimediya xonalari mavjud.

Аsosiy koʼrsatkichlar

  8 ta bakalavriat yoʼnalishida 4967 nafar, 27 ta magistratura mutaxassisligida 371 nafar va 38 ta klinik ordinatura mutaxassisligida 597 nafar talaba oʼqiydi. Soʼnggi 2 yilda 4 nafar fan doktori (DSc) va 21 nafar falsafa doktori (PhD) tayyorlangan; 26 ta kadrlar buyurtmachilari bilan hamkorlik oʼrnatilgan; 480 shartnoma asosida viloyatlar Soglikni saklash boshkarmalariga (1.318,0 mln. soʼmlik) taʼlim xizmati kursatilgan.

Institutdagi oʼquv jarayoni

  Institutni mehnat jamoasi zamon bilan hamnafas boʼlib, mamlakatimizni taʼlim va sogʼliqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohotlar va oʼzgarishlarning barcha talablarga oʼz vaqtida toʼlaqonli javob berib kelmoqdalar.

  Hozirgi kunda oʼquv jarayonini yuqori sifatini taʼminlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun maʼruza zallari, oʼquv xonalari va oʼquv klinik laboratoriyalari eng zamonaviy axborot bazaviy texnologiyalari, multimediya proektorlari, video va audio tizimlari, masofaviy oʼqitish bilan taʼminlangan. Oʼquv jarayoni institutda oʼqitiladigan barcha fanlar boʼyicha elektron oʼquv va uslubiy materiallarni oʼz ichiga qamrab olgan elektron va modulli oʼquv tizimidan (moodle.sammi.uz) foydalangan holda zamonaviy axborot-kommunikatsiya Internet texnologiyalar orqali amalga oshirilmoqda. Chet ellik talabalar (Koreya Respublikasidan) uchun ingliz tilida elektron oʼqitish tizimida alohida majmualar yaratilgan. Shuningdek, barcha boʼlimlarda talabalar ilmiy jamiyati (TIJ) faoliyat koʼrsatmoqda. Yaratilgan shart-sharoitlar oʼquv jarayoni jahon taʼlim standartlariga javob beradigan yuqori darajada olib borishga imkoniyat bermoqda.

  Taʼlim axborot manbalari

  Institutda tashkil etilgan, o'z fondida 300000 dan ortiq nashrga ega bo'lgan ARM (axborot-resurs markazi) alohida e'tiborga loyiqdir. Bular o'quv, uslubiy, ilmiy adabiyotlar, shuningdek fanlar bo'yicha darsliklar. ARMda har bir talaba, magistr, aspirant, shuningdek yosh o'qituvchi, dotsent va professorlar foydalanishlari mumkin elektron kutubxona mavjud. Ta'kidlash joizki, zamonaviy axborot bazasi tizimlari bilan jihozlangan Innovatsion pedagogik texnologiyalar markazining shakllanishi o'quv jarayoni sifatini oshirish omillaridan biri bo'ldi. Yaratilgan Axborot texnologiyalari markazi eng so'nggi ma'lumotlardan foydalanishni ta'minlaydi. U 14 ta kompyuter sinflaridan va Internetga ulangan lingafon laboratoriyalaridan iborat bo'lib, lokal server orqali institutning elektron kutubxonasiga ulangan. Bu talabalarga Xalqaro ta'lim standarti doirasida kasbiy bilimlarni olishga yordam beradi.

  Xalqaro hamkorlik

  Samarqand Davlat tibbiyot universiteti fan va texnologiyalar Markazini grantlari, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasining fundamental tadqiqotlarida faol qatnashadi hamda chet ellik sheriklar bilan yaqindan hamkorlik qilib keladi. АQSh, Germaniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Gollandiya, Ispaniya, Rossiya, Ukraina, Qozogʼiston va Qirgʼizistonning halqaro va oʼquv tashkilotlari bilan samarali hamkorlik yoʼlga qoʼyilgan. SamDTIning bitiruvchilari Oʼzbekistonda va chet el mamlakatlari, xususan АQSh, Isroil, Germaniya, Rossiyada samarali mehnat qilmoqdalar. Institut jamoasi tibbiy taʼlim va ilm-fan rivojida yangi ufqlarini aniq tasavvuri bilan farq qiladi. Mustaqillik yillarida, mintaqamizning eng qadimiy tibbiy OTMdagi ijobiy oʼzgarishlar, uni mamlakatimizning nufuzli muassasalari qatoriga qoʼshdi. Bu esa, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yoʼlidan faoliyat yuritayotgan Samarqand Davlat tibbiyot universitetining mavqeini yanada oshirish uchun kuchli turtki boʼlmoqda.