Saudiya Arabistonining yirik kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Samarqand davlat tibbiyot universitetida Saudiya Arabistonining KDOT kompaniyasi bosh direktori Faysal Al-Davud hamda kompaniyaning sog‘liqni saqlash bo‘yicha katta maslahatchisi, doktor Saeed Rakha ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ikki mamlakat rahbarlari boshchiligida hamkorlik aloqalarining jadal sur’atlarda rivojlantirilishi, jumladan, Saudiya Arabistoni Podshohligi sog‘liqni saqlash vaziri Fahad bin Abdulrahmon al-Jalajilning davlatimiz rahbari bilan olib borgan faol muzokaralari xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, Samarqand davlat tibbiyot universitetning hamshiralik yo‘nalishi bitiruvchilarini Saudiya Arabistonidagi tibbiyot muassasalariga ishga joylashtirish istiqbollari, tanlov va tayyorlov jarayonlari, mehnat sharoitlari hamda ish haqi masalalari atroflicha muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda yaqin kelajakda hamkorlik memorandumi va tegishli shartnomalarni imzolash bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.





SamDTU Matbuot xizmati