Samarqand davlat tibbiyot universitetida universitet bitiruvchilari va talabalar uchun “Bitiruvchilar oqshomi” tantanali bayram dasturi tashkil etildi. Tadbir ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Sharipov Kongratbay Avezimbetovich online tarzda so‘zga chiqib, Samarqand davlat tibbiyot universitetidagi xalqaro darajadagi ta’lim dasturlari haqida so‘z yuritdilar hamda universitetning Respublikamiz va jahon miqyosida nufuzi oshib borayogani bilan tabriklab, bitiruvchilarga omad tiladi.
Shuningdek, bayram tadbirida so‘zga chiqqan Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Rizayev, Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Suxrob Zayniyev hamda Viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Husan To‘xtayevlar universitet faoliyati va yutuqlari haqida iliq fikrlarni bildirib, bitiruvchi talabalarning keyingi faoliyatida omadlar tiladilar.
Bayramona tadbirning keyingi qismida Samarqand davlat tibbiyot universitetini tamomlagan bitiruvchilarga diplomlar tantanali ravishda topshirildi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, joriy yilda Samarqand davlat tibbiyot universitetini bakalar va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha jami 1900 ga yaqin talaba muvaffaqiyatli tamomladi.
Tadbirning keyingi qismi estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlar hamda bayramona chiqishlar bilan ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.



























SamDTU Matbuot xizmati