Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
    Close Menu

    ​IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya “Shogirdlar – ustozlarga” (Moskva, RF)

      M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik institutida (MONIKI) “ Shogirdlar – ustozlarga ” IV Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Konferensiya doirasida stomatologik mahorat chempionati va yosh olimlar konferensiyasi oʻtkazildi.

      Xalqaro forumda Rossiya va MDH davlatlarining oliy oʻquv yurtlari va ilmiy markazlarining stomatologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislari ishtirok etdilar. Xalqaro anjumanning faxriy mehmoni sifatida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Jasur Alimjanovich Rizaev ishtirok etdi. Oʻzining “Oʻzbekiston Respublikasida stomatologiya xizmati” mavzusida tibbiyotning tarkibiy qismi boʻlgan stomatologiyaning rivojlanish tarixi, uning rivojlanishiga turli davr olimlarining qoʻshgan hissasi, shuningdek, zamonaviy stomatologiyani holati, respublikada stomatologiyaning muammolari va istiqbollari batafsil yoritildi. Konferensiya doirasida  SamDTU rektori Jasur Rizayevga  M.F.Vladimirskiy nomidagi Moskva viloyat ilmiy-tadqiqot klinik instituti (MONIKI)  “Faxriy professori” unvoni berildi.

      Xalqaro konferensiyada ishtirok etish doirasida SamDTU rektori Jasur Rizaev MONIKI direktori Konstantin Sobolev bilan ham muzokaralar oʻtkazdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik doirasida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, rejalashtirilgan ikki tomonlama loyihalar, xususan, klinik ordinaturada stomatologiyada qoʻshma yoʻnalishini ochish hamda boshqa amaliy ishlar muhokama etildi.



    SamDTU matbuot xizmat