×
Menu
Close Menu

"Yoshlar turizm haftaligi" doirasida talabalar Samarqand shahri tarixiy obidalari bilan tanishdilar

  Joriy yilning 5-6-yanvar kunlari “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son davolash fakulteti dekani G‘.U. Lutfullayev tashabbusi bilan talabalar uchun Samarqandning diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi. Talabalar sayoxat davomida Amir Temur maqbarasi, Registon maydoni, Amir Temur jome masjidi (Bibi-Xonim), O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A. Karimov qabri va Shohi-Zinda majmuasiga tashrif buyurdilar.

  Talaba-yoshlar Samarqandning shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, mustaqillik yillarida bunyodkorlik ishlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga hamda katta taassurotga ega boʻldilar.


SamDTU matbuot xizmati