Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

​SamDTU fakultetlari “Zakovat” intellektual oʻyinining “Dekan Kubogi” bosqichi boʻlib oʻtdi

  17-iyun kuni Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-son talabalar turar joyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ilgari surgan madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida, davolash va pediatriya fakultetlari tomonidan oʻtkazilib kelinayotgan “Zakovat” intellektual oʻyinining “Dekan Kubogi” final bosqichi oʻtkazildi.

  Finalda davolash fakulteti “Dream-tim”, “Okean” va “Ibn Sino” jamoalari bellashdi. Universitetni pediatriya fakultetini “Liderlar”, “Logika” va “Aurum-99” jamoalari ishtirok etdilar.

  Joʻshqin kechgan intellektual kurashlar natijasida davolash fakultetini jamoalari orasidan “Okean” gʻolib deb topildi.

  Pediatriya fakulteti oʻyinida 1 kursning “Liderlar jamoasi 3 oʻrinni, 3 kursning “Logika” jamoasi 2 oʻrinni va 1 kursning “Aurum-99” jamoasi 1 oʻrinni egallab, “Dekan Kubogi” sovrindori boʻlishdi. Undan tashqari, oʻyin jarayonida Yoshlar Ittifoqi tomonidan “Eng zukko qiz” va “Eng zukko yigit” nominatsiyalarida fakultetni 1 kurs talabalari Davranova Malika va Sindarov Mirsharoflar munosib deb topildi.

  Oʻyin yakunida gʻolib jamoalar aʼzolari fakultetlar dekanlari tomonidan diplomlar va esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.



SamDTU matbuot xizmati