Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​NANOTEXNOLOGIYALAR — KELAJAK TIBBIYOTI SARI MUHIM QADAM

Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda universitet qoşidagi  Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi jamoasi “Özbekiston-Xitoy” xalqaro qöşma tanlovida iştirok etib ğolib böldi. Mazkur tanlov doirasida har ikki mamlakat ilmiy jamoalaridan arizalar qabul qilinib, texnik va ilmiy ekspertiza bosqiçlaridan ötkazildi. Bu tanlovda Özbekiston tomondan 444 ta, Xitoy tomondan 424 ta arizalar kelib tuşgan. Tanlov natijalariga köra 31 ta qöşma loyiha ğolib deb topilgan va moliyalaştiriş uçun tasdiqlandi.

Bugungi kunda zamonaviy tibbiyot oldida turgan muhim vazifalardan biri — yurak-qon tomir kasalliklari, insult va boşqa oğir holatlarda kuzatiladigan hujayra va töqimalar şikastlanişining oldini oliş hamda samarali davolaş usullarini işlab çiqişdir. Şu maqsadda «Işemik-reperfuzion şikastlanişni davolaş uçun nanozimlar va uglerodli nanostrukturalar asosida sinergik platformalarni yaratiş» mavzusidagi xalqaro ilmiy loyiha yölga qöyilmoqda

Loyihaning asosiy maqsadi — nanotexnologiyalar yordamida hujayralarni oksidlovçi stressdan himoya qiliş, mitoxondriyalar faoliyatini saqlaş va işemik-reperfuzion şikastlaniş jarayonlarini kamaytirişga qaratilgan yangi biologik faol nanomateriallarni yaratişdir. Tadqiqotlarda nanozimlar va uglerodli nanostrukturalar, jumladan, fullerenlar hamda boşqa zamonaviy nanomateriallardan foydalaniş rejalaştirilgan. Ularning birgalikdagi ta’siri natijasida hujayralarni himoya qiliş imkoniyatlari, antioksidant xususiyatlari va biologik xavfsizligi örganiladi. Loyihaning muhim yönalişlaridan biri mitoxondriyalar faoliyatini tadqiq qilişdir. Çunki mitoxondriyalar hujayrani energiya bilan ta’minlaydi va ularning faoliyati buzilişi köplab kasalliklarning rivojlanişida muhim örin tutadi.

Mazkur ilmiy tadqiqotlar Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi uçun ham yangi ilmiy imkoniyatlar yaratadi. Markazning zamonaviy laboratoriyalari, molekulyar biologiya va hujayra tadqiqotlari böyiça ilmiy salohiyati uşbu yönalişni rivojlantirişga xizmat qiladi.

Loyihaning amalga oşirilişi natijasida yangi nanokompozit materiallar yaratiş, ularning biologik xususiyatlarini aniqlaş, xalqaro ilmiy maqolalar çop etiş va patentlar oliş közda tutilgan. 

Uşbu taşabbus mamlakatimizda nanomeditsina va biomeditsina sohalarini rivojlantiriş, xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş hamda tibbiyot amaliyoti uçun istiqbolli innovatsion yeçimlarni işlab çiqiş yölidagi muhim qadamdir.



SamDTU huzuridagi Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy-amaliy markazi direktori,
Tibbiy kimyo kafedrasi mudiri,
professor D. Q. Xolmurodova