YAPONIYADA MAGISTRATURA BOSQICHIDA TAHSIL OLISH UCHUN JDS DASTURIGA QABUL BOSHLANDI!
Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi (JICE) tomonidan JDS (The Project for Human Resource Development Scholarship) dasturi doirasida 2027–2029-yillarda Yaponiya universitetlarida magistratura bosqichida tahsil olish uchun nomzodlar qabuli e’lon qilindi.
Mazkur dastur davlat sektorida faoliyat yuritayotgan istiqbolli mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish hamda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
🎓 Ta’lim yo‘nalishlari:
- Davlat boshqaruvi;
- Davlat siyosati;
- Huquq;
- Iqtisodiy rivojlanish;
- Biznes boshqaruvi.
📋 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- 2027-yil 1-aprel holatiga 25–40 yosh oralig‘ida bo‘lish;
- Bakalavr darajasiga ega bo‘lish;
- Tegishli tashkilotda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
- IELTS sertifikati bo‘yicha kamida 5,0 ballga ega bo‘lish.
📅 Muhim muddatlar:
📌 2026-yil 6-dekabr — nomzodlar ro‘yxati keltirilgan rasmiy tavsiya xatini JDS loyihasi ofisiga yuborishning oxirgi muddati.
📌 2026-yil 20-dekabr — onlayn arizalarni to‘ldirishning oxirgi muddati.
💻 Onlayn axborot seminarlari
Dastur shartlari, tanlov talablari va hujjatlarni topshirish tartibi yuzasidan quyidagi sanalarda onlayn seminarlar tashkil etiladi:
- 3, 10 va 17-noyabr — soat 15:00–16:30;
- 5, 12 va 19-noyabr — soat 11:00–12:30.
Seminarga ro‘yxatdan o‘tish: https://zoom.us/meeting/register/qlYCePgrTWSH9BmGVJbpjw
Zoom ID: 966 5143 8135
Parol: 047601
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: JICE JDS loyihasining O‘zbekistondagi ofisi
Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 107-B, International Business Center, A blok, 2-qavat.
Telefon: +998 78 140-15-60/61
Elektron pochta: jds.uzbekistan1@jice.org
Rasmiy veb-sayt: https://jds-scholarship.org/