Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyati chuqur hamdardlik bildiradi

Hurmatli doktor Kemalettin Aydin!

Turmush o‘rtog‘ingiz, professor, doktor Sevim Aydin xonimning vafoti munosabati bilan Sizga va oila a’zolaringizga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyati hamda jamoasi nomidan chuqur hamdardlik bildiramiz.

Professor Sevim Aydin xonim jahon tibbiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelgan, o‘zining ilmiy salohiyati, boy tajribasi va fidoyiligi bilan tibbiyot ilmi rivojiga xizmat qilgan zabardast olimalardan biri edi.

U kishining yorqin xotirasi, ilmiy merosi va ezgu ishlari hamisha qalbimizda saqlanib qoladi. Sevim Aydin xonim universitetimiz rahbariyati va jamoasi xotirasida hamisha barhayot yashaydi.

Alloh taolo marhumaning joylarini jannatdan, oxiratlarini obod qilsin. Sizga va barcha yaqinlaringizga ushbu og‘ir musibatni yengib o‘tishda sabr-toqat va matonat tilaymiz.

Chuqur ta’ziya va hamdardlik bilan,

Samarqand davlat tibbiyot universiteti rahbariyati