"MEROS PHARM" stipendiyasi uchun hujjatlar qabuli e'lon qilinadi
Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2026-2027-o'quv yilining 1-semestri uchun iqtidorli talabalarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "MEROS PHARM" stipendiyasiga tanlov e'lon qiladi.
Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: Tanlovda faqat bitiruvchi va bitiruvchidan oldingi kurs talabalari, magistr hamda klinik-ordinatorlar ishtirok etishi mumkin. Nomzodlar quyidagi mezonlarga mos kelishi talab etiladi:
- Ilmiy izlanishlar olib borayotganligi va yutuqlarga erishganligi;
- Tibbiyot sohasida innovatsion loyihalar ustida ishlayotganligi;
- O‘rtacha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi (GPA) 85% va undan yuqori ekanligi;
- Jamoat ishlarida faol ishtirok etayotganligi;
- Farmatsevtika sohasiga qiziqishi borligi hamda shu yo‘nalishdagi stajirovka yoki loyihalarda qatnashganligi.
Kerakli hujjatlar:
- Talaba ma’lumotnomasi.
- Pasport nusxasi.
- Reyting daftarchasi nusxasi (dekan tomonidan tasdiqlangan holda).
- Fakultet dekani hamda kafedra to‘garak rahbari tavsiyanomalari.
- Erishgan barcha yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Qabul muddati: Hujjatlar 2026-yilning 20-oktabr sanasiga qadar qabul qilinadi.
Eslatma: Joriy semestrda Rektor stipendiyasiga nomzodini taqdim etgan talabalar mazkur tanlovda qatnasha olmaydi.