Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

SamDTUda yapon tili kurslariga qabul boshlandi!

Samarqand davlat tibbiyot universitetining O‘zbek tili, adabiyoti va xorijiy tillar kafedrasi yapon tili kurslari ochilganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi. Agar siz animelarni subtitrsiz tomosha qilishni, karaokeda sevimli qo‘shiqlaringizni kuylashni yoki rezyumengizni nufuzli va talabgir xorijiy til bilan boyitishni orzu qilgan bo‘lsangiz — ayni vaqti keldi!

Kurs davomida sizni nimalar kutmoqda:

  • Noldan boshlab o‘rganish — xiragana alifbosidan tortib ilk muloqotlargacha.
  • Kunchiqar mamlakatning boy madaniyati va an’analari bilan yaqindan tanishish.
  • Zamonaviy o‘qitish metodikalari hamda tajribali va mahoratli o‘qituvchilar.
  • Talabalar va universitet xodimlari uchun qulay dars jadvali.

Tashkiliy ma’lumotlar:

  • Darslar grafigi: haftasiga 3 kun.
  • Manzil: SamDTU yangi binosi, “Lingua Academy” til markazi.
  • Ro‘yxatdan o‘tish va ma’lumot uchun telefon: +998 95 571 55 05
  • Telegram: @p_azzamova

Yapon tili ko‘ringanidek murakkab emas — eng muhimi, boshlash! Yaponiyaga yanada yaqinroq bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!