Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Kiberxavfsizlikni bepul o‘rganing va xalqaro IT-sertifikat olish imkoniyatidan foydalaning!

  Hurmatli Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari!

  Sizni raqamli savodxonlikni oshirish, internetdan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda kiberxavfsizlik sohasidagi bilim va ko‘nikmalaringizni rivojlantirishga qaratilgan bepul onlayn kurslarda ishtirok etishga taklif etamiz.

https://aileaders.uz/  platformasida kiberxavfsizlik va ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha 30 ta bepul onlayn kurs mavjud. 

  Jumladan:

- «Kiberxavfsizlik asoslari»;
- «Ma’lumotlar xavfsizligiga kirish»;
- «Cloud Security Professional (2025) sertifikatiga tayyorgarlik».

  Shuningdek, it-istedod.uz portalining «Video resurslar» bo‘limida kiberxavfsizlikka oid 20 ta videodars joylashtirilgan bo‘lib, ular nazariy bilimlarni mustahkamlash va xalqaro IT-sertifikat olishga tayyorlanishda yordam beradi.

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qaroriga muvofiq, 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan fuqarolar belgilangan tartibda xalqaro IT-sertifikat olish hamda tegishli o‘quv kurslarida ta’lim olish xarajatlarini qoplash uchun murojaat qilishlari mumkin.

  Ta’lim platformalari:

- https://aileaders.uz/
- https://it-istedod.uz/

  Barcha talabalarni ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanishga, zamonaviy raqamli bilimlarni egallashga hamda o‘z kasbiy salohiyatini oshirishga chorlaymiz!