Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

“Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 28-noyabrdagi F-68-son Farmoyishi bilan tasdiqlangan “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi doirasida “Byurokratiyasiz O‘zbekiston” jamoatchilik tashabbusi amalga oshirilmoqda.

  Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi fuqarolar va tadbirkorlarning davlat idoralariga murojaat qilish jarayonida duch kelayotgan byurokratik to‘siqlarni aniqlash, ularni tizimlashtirish hamda amaliy yechimlar ishlab chiqishdan iborat.

  Dastur haqida

  “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi davlat boshqaruvida ortiqcha ma’muriy yuklamani kamaytirish, xizmat ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish hamda davlat xizmatlarini zamonaviy va raqamli shaklga o‘tkazishga qaratilgan.

  Dastur doirasida ortiqcha hujjat va talablarni qisqartirish, takroriy jarayonlarni maqbullashtirish, idoralararo ma’lumot almashinuvini takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish muddatlarini qisqartirish hamda aholiga qulay davlat xizmatlarini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

  Universitet jamoasi uchun

  Mazkur tashabbus doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti talabalari, professor-o‘qituvchilari va xodimlari ham davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida duch kelayotgan byurokratik muammolari hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflarini bildirishi mumkin.

  Jumladan, ortiqcha hujjat talab qilinishi, takroriy murojaatlar, uzoq davom etadigan ma’muriy jarayonlar, elektron xizmatlardan foydalanishdagi noqulayliklar va boshqa byurokratik to‘siqlar yuzasidan takliflar yuborish mumkin.

  Taklif yuborish tartibi

📅 Tashabbus muddati: 2026-yil 21-sentabrdan 20-noyabrgacha.

🌐 Fuqarolar va tadbirkorlar o‘z takliflarini quyidagi elektron platforma orqali yuborishlari mumkin: https://murojaat.byurokratiyasiz2030.uz/

  Taklifda muammoning aniq mazmuni, uning yuzaga keltirayotgan noqulayliklari, vaqt yoki resurs yo‘qotishlari hamda imkon qadar amaliy yechim ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.

  Kelib tushgan takliflar soha mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, dolzarb takliflar asosida tegishli choralar ko‘riladi.

  Universitet jamoasini mazkur jamoatchilik tashabbusida faol ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning taklifingiz davlat xizmatlarini yanada qulay, tezkor va samarali tashkil etishga xizmat qilishi mumkin.