Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​2026/2027-oʻquv yili uchun Klinik ordinatura (rezidentura)ga hujjatlar qabuli boshlandi!

  Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislik boʻyicha chuqurroq bilim olmoqchi va tor soha shifokori boʻlmoqchi boʻlgan barcha bakalavr bitiruvchilarini klinik ordinaturaga taklif etadi.

  • Asosiy maʼlumotlar va muhim muddatlar:
  • Hujjat topshirish tartibi: Onlayn – portali orqali.
  • Hujjat qabul qilish muddati: 2026-yil 20-iyuldan 20-avgust soat 23:59 ga qadar.
  • Cheklov: Har bir talabgor bir qabul mavsumida faqat 1 ta taʼlim muassasasi va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.
  • Imtihon shakli: 1 bosqichli test sinovi.
  • Imtihon oʻtkazilish vaqti: 2026-yil 25–30-avgust kunlari.
  • Oʻtish bali: Testda eng yuqori balning kamida 30 foizini toʻplagan va rejadagi oʻrinlarga kirganlar oʻqishga qabul qilinadi.
  Muhim imtiyoz va qoidalar:
  • Olis va chekka hudud shifokorlari uchun: Olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga TEST SINOVLARISIZ (toʻlov-kontrakt asosida, kvotadan tashqari) qabul qilinadi.
  • Oilaviy shifokorlik boʻyicha: “Oilaviy shifokorlik” mutaxassisligi boʻyicha qabul maqsadli davlat granti (bepul) asosida amalga oshiriladi.
  • Ikkinchi tor soha mutaxassisligi: Ikkinchi bor tor soha mutaxassisligini egallamoqchi boʻlganlar faqat toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydilar.
  Teng ball toʻplanganda: Ajratilgan oʻrin boʻyicha eng pastki oʻrinda teng ball olgan talabgorlarning barchasi toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etiladi.
Savol va murojaatlar uchun (Call-markaz): Qabul jarayoni boʻyicha savollaringiz boʻlsa, 2026-yil 20-iyuldan 10-sentabrga qadar (Dushanba – Shanba, soat 9:00 dan 18:00 gacha) Call-markazga murojaat qilishingiz mumkin.
  Rasmiy sayt va ariza topshirish: https://medtoifa.ssv.uz/
  Imtihon bazasi va adabiyotlar: Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi rasmiy saytida eʼlon qilinadi.