Samarqand davlat tibbiyot universitetida ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talaba-yoshlar o‘rtasida “O‘zbek tili — qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovining universitet bosqichi tashkil etiladi.
Tanlov xorijlik talabalarning o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, davlat tilining nufuzini yuksaltirish hamda madaniy aloqalarni rivojlantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Ishtirokchilar: Kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan, ona tili o‘zbek tili bo‘lmagan xorijlik talabalar.
Tanlov shartlari:
- Tanishtirish — 3–5 daqiqalik videolavha;
- Esse yozish — lotin yozuvida, kamida 200 so‘z.
Universitet bosqichida g‘olib bo‘lgan ishtirokchi keyingi — saralash bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.
O‘tkazilish muddati: 2026-yil 25-sentabrdan 6-oktabrgacha.
Barcha xorijlik talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!