×
Menu
Close Menu

INTERAKTIV VEBINAR: TIBBIY TA’LIMDA SAMARALI FEEDBACK

  Feedback: “Pandora qutisi”dan qimmatli xazinaga

  Feedback tibbiy ta’limdagi eng kuchli rivojlantiruvchi vositalardan biri bo‘lishiga qaramay, ko‘pincha talabalarda xavotir, himoyalanish va befarqlikni keltirib chiqaradi. Ushbu interaktiv vebinar feedback nima sababdan salbiy qabul qilinishini hamda uni qanday qilib professional rivojlanish, ishonch va bemorlar xavfsizligini oshiruvchi samarali mexanizmga aylantirish mumkinligini yoritadi.

  Sessiya davomida pedagoglar uchun oddiy, amaliy va samarali model taqdim etilib, u:

  • feedback va baholashni aniq ajratish,
  • xulq-atvorga yo‘naltirilgan va psixologik xavfsiz feedback berish,
  • talabalarni klinik mashg‘ulotlar va konsultatsiyalarda feedbackdan samarali foydalanishga o‘rgatish
    imkonini beradi.

Ma’ruzachi: Professor Anwar Khan FRCGP
Sana: 21-yanvar, 2026-yil
Vaqt: 13:00 – 13:45
Joy: Onlayn 

Ro‘yxatdan o‘tish: 🔗 https://lnkd.in/e_BFNZ5P

Tashkilotchi: Postgraduate Academy of Health | University of East London 🔗 https://lnkd.in/eeUbhcJF