Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar va tayanch doktorantlar diqqatiga! Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlov shartlari:
1. Maqola hajmi - 5-7 to‘liq sahifa, A4 formatda, Times New Roman 14 o‘lchamli shriftda, chap
tomondan 3 sm., o‘ng tomondan 1,5 sm., yuqori va pasti 2 sm, matnda qatorlararo 1,0
intervaldan foydalanilgan holda.
2. Maqola nomi bosh harflar bilan o‘rtaga yoziladi. Navbatdagi qatorga muallif to‘liq familiyasi
va ism-sharifi bosh harfi yoziladi. Keyingi qatordan universitet, fakultet nomi to‘liq va
manzili (telefon raqami, e-mail) ko‘rsatilishi shart. Asosiy qismlari: dolzarbligi, tadqiqotning
maqsadi, usul va uslublar, natijalar va xulosalar. Ma’ruza bilan qatnashuvchi ishtirokchi
familiyasi ostida chiziq bilan belgilanadi va ishtirokchi qaydnomasi to‘ldirilib yuboriladi.
3. Faylda faqat bir maqola bo‘lishi kerak, fayl nomi birinchi muallifning nomi bilan nomlanadi
(masalan Maxmudova A.N. docx).
4. Mualliflar tomonidan maqoladagi qisqartmalar matnlarda birinchi marotoba qo‘llanilgan
hollarda to‘liq ko‘rsatilishi kerak.
5. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi lozim.
❗️Maqolalar joriy yilning 21-noyabriga qadar qabul qilinadi.
Murojaat uchun:
📞 +998915305445
📞 +998904539339