Tibbiy kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari talabalarning bo‘sh vaqtlarini unumli va samarali o‘tkazish maqsadida ular bilan suhbat va ko‘rgazmali laboratoriya tajribalar o‘tkazdilar. Shunday qilib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi ortadi, mustaqil izlanishga undaydi. Ilmiy anjumanlarda ishtirok etgan talabalar bilan o‘z vaqtida ilmiy izlanishlar olib borishga alohida e’tibor qaratildi.
“Tibbiy kimyo” kafedrasi mudiri, professor Xolmurodova Dilafruz Kuvvatovna tashabbusi bilan fanlar yo‘nalishi bo‘yicha talabalardan iborat ilmiy to‘garak tashkil etilib, to‘garaklarda 70 ga yaqin talaba qatnashib, faoliyat olib bormoqda.
Talabalar ilmiy to‘garagiga Tibbiy kimyo kafedrasi assistenti Xudoyqulov Jamoliddin Inomovich mas’ullik qiladi.
Tibbiy kimyo kafedrasida 5 ta to‘garak faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur to‘garaklarda talabalar kafedra professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda har oyning belgilangan kunlarida laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradilar.
Tibbiy kimyo kafedrasi assistentlari Raxmonova Feruza Erdanovna “Yunni Medic”, Pardaeva Sohiba Bo‘riyevna “Perspektiv”, Rayymqulova Charos Axmatovna“Yoshfarmatsevtlar” to‘garaklarini muntazam o’z faoliyatini davom ettirmoqda.
Kafedramizda iqtidorli talabalar konferensiya va olimpiadalarda qatnashib, sovrinli o‘rinlar va nominatsiyalarga sazovor bo‘lmoqda. Qozog‘iston Respublikasida o‘tkazilgan va kafedramizning xorijlik iqtidorli talabalari Prаshant Kumar ва Muxammad Shafik “Ilm-fan bo‘yicha eng yaxshi innovator-2022” tanlovida ishtirok etib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2024-2025-o‘quv yilida tibbiy kimyo kafedrasi talabalari ilmiy jamiyati a’zolari soni 90 nafardan ortiq bo‘lib, professor-o‘qituvchilar bilan birgalikda 50 dan ortiq maqola va tezislar chop etilgan, talabalarimiz maxalliy va xalqaro konferentsiya va olimpiadalarda qatnashib 60 dan ortiq diplomlarni qo’lga kiritishdi.
“Tibbiy kimyo” to’garagi a’zosi farmasiya fakul’teti 1- kurs talabasi Karimov Mexroj 2023- yil 26- may kuni I. M. Sechenov nomidagi 1-Moskva davlat tibbiyot universitetida “Organik kimyo” fanidan o’tkazilgan xalqaro olimpiadada faxrli 1-o’rinni egalladi. Ilmiy raxbar professor Xolmurodova D.K.
Tibbiy kimyo kafedrasi iqtidorli talabalari ilmiy jamiyati a’zolari xar yili O'zbekistonda va xorijda talabalar o'rtasida o'tkaziladigan olimpiadalarda faol ishtirok etishadi.
2024-2025 o’quv yilida “ Tibbiy kimyo“ to’garagiga qatnashgan talabalarimizdan 20 nafari respublika va xalqaro konferensiyalarda ishtirok etib faxrli o’rinlarni egallashdi.
Tibbiy kimyo kafedrasi tomonidan TIJ to’garaklari "Kimyo va Tibbiyot” “Ilmiy Kashfiyotlar Yo‘li" nomli ilmiy mini konferensiyalar shaklida o’tkaziladi.
To'garaklarda qatnashib mahalliy va xalqaro olimpiada va konferentsiyalarda faxrli o'rinlarni olgan eng faol talabalarning ota-onalari universitetga taklif etilib farzandlarining yutuqlari e'tirof etiladi.