Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

Ilmiy to'garak

  Kafedrada dotsent, tibbiyot fanlari doktori F.G. Ulmasov rahbarligida Talabalar ilmiy tadqiqot to‘garagi va Malaka oshirish maktabi samarali faoliyat yuritmoqda. So‘nggi ikki yil davomida 5-6-kurslarning 3 nafar talabasi SamDTUning 80-sonli «Fundamental, amaliy tibbiyot va farmatsiya yutuqlari» respublika ilmiy-amaliy anjumanida tezislar bilan ishtirok etishgan va ma’ruzalar qilishgan. Bundan tashqari, talabalar universitetning 76, 77-sonli ilmiy-amaliy konferensiyalarida va «Samarqand-2020» V Xalqaro studentlar olimpiadasida qatnashib, ilmiy to‘garaklar o‘rtasida yugori o‘rinlarni egallaganligi qayd etiladi.

  Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o‘tgan yillar davomida 2 nafar magistratura rezidenti o‘zlarining rejalashtirilgan ilmiy ishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan. Ularning aksariyati turli onkologiya muassasalarida ishga joylashib, magistratura davrida boshlangan ilmiy izlanishlarini davom ettirmoqda. Hozirgi paytda kafedrada yana 7 nafar magistratura rezidenti ta’lim olib, o‘zlarining nomzodlik dissertatsion ishlari doirasida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

  2025-2026 yillarda kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ladi: MDH davlatlari universitetlarini o‘z ichiga olgan xalqaro hamkorlikni kengaytirish; yuqori impakt-faktorli xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalar nashr ettirish; respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari va xalqaro forumlarda ma’ruzalar bilan chiqish; shuningdek, talabalar va yosh olimlarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantirish.