Top.Mail.Ru
×
Menu
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog'i
  • O'zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi
Close Menu

Kafedraning ilmiy-tadqiqot ishlari

  Kafedraning ilmiy yo‘nalishi: Kanserogenezning nazariy asoslarini ishlab chiqish, o‘sma jarayonining rivojlanish qonuniyatlari, paydo bo‘lish sabablari, etiologik omillarning tarqalish va ta’sir qilish jihatlari, skriningni takomillashtirish uchun onkologik kasalliklarning klinik ko‘rinishlari va kechish xususiyatlarib diagnostika usullari, o’smani davolash, reabilitatsiya qilish, oldini olish va metafilaksi.

  So'nggi 3 yil ichida kafedra xodimlari tomonidan 75 ta ilmiy maqola chop etildi, shulardan 60 tasi asosan VAK tomonidan ko'rib chiqilgan jurnallarda nashr etilgan.

  2019 yilda kafedra xodimlari bitta doktorlik dissertatsiyasini himoya qildilar: Raximov Nodir Maxammadievich "Mintaqadagi limfa tugunlarida buyrak hujayralari saratonini metastaz bilan davolash va diagnostikasiga yangi yondashuvlarni ishlab chiqish mavzusida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi.

  2021 yilda kafedrani mustaqil izlanuvchisi Oripova Mexriniso Raxmonovna tomonidan “Bachadon sarkomalarini erta tashxislashni mukamallashtirishda sitogenenetik va immunogistoximik tahlil metodlarining ahamiyati” mavzusidagi PhDdissertasiyasini ximoya qildi.

  2022 yilda kafedraning 3 nafar xodimi tibbiyot fanlari bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildilar:

  Shaxanova Shaxnoza Shavkatovna - “Siydik chiqarish yo‘llarining xavfli o‘smalarining ko‘plab osteogen metastazlarini kompleks davolash taktikasini takomillashtirish. Ilmiy rahbar dots. Rahimov N.M.

  Ortiqova Xilola Ubaydullaevna – “Bachadon bo‘yni saratonining retsedivlarinidiagnostikasiga zamonaviy yondashuvlar”. Ilmiy rahbar prof. Juraev M.D.

  Juraev Farrux Mirzhalolovich - “Oshqozon saratoni jigar metastazlari bilan og'rigan bemorlarni dori-darmon va kombinatsiyalangan davolash”. Ilmiy maslahatchi, tibbiyot fanlari doktori, Tryakin A.A.

  Bugungi kunda yana prof.Djurayev M.D. raxbarligida kafedra mustaqil izlanuvchilari Mamarizayev Dilshod Yunusovich «Osobennosti vedeniya bolnыx pri xirurgicheskom lechenii s gormonalno-aktivnыmi opuxolyami nadpochechnikov»; TursunovOdilMamasamiyevich «Rolendobiliarnoy щipsovoy biopsiiv diagnostikeilecheniiopuxoleyvnepechenochnыxjelchnыxprotokov»; Kuliyev Aziz Abdumajidovich «Rol palliativnoy gastrektomii pri mestno rasprostranennom rake jeludka»;Melikulov Asliddin Xamrokulovich “Sovershenstvovaniya diagnostiki i xirurgicheskogo lecheniya raka jeludkas prorastaniyem v podjeludochnuyu jelezu” mavzularida 14.00.14-onkologiya ixtisosligi buyicha falsafa doktori (PhD) yo’nalishi buyicha ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Dotsent Raximova N.M. raxbarligida kafedra mustaqil izlanuvchilari Kadirov Xamidulla Xikmatovich «Sovershenstvovaniye profilakticheskoy pomoщi pri rake predstatelnoy jelezы na urovne pervichnogo zvena» 14.00.14-onkologiya ixtisosligi buyicha falsafa doktori (PhD) yo’nalishi buyicha ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

  2015 yildan 2020 yilgacha kafedra xodimlari Rossiya, Ukraina, Portugaliya, Qozog'iston va O'zbekistonda bo'lib o'tgan 7 xil seminar, forum va konferentsiyalarda ma'ruzalar qildilar. 50 ga yaqin tezislar nashr etildi.
Institutimizda kafedra ishtirokida 1 ta xalqaro kongress bo'lib o'tdi.

  Rossiyalik hamkasblar bilan birgalikdagi tadqiqot ishlarida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Kafedra RSNPMTSOiR bilan ham hamkorlik qiladi.

  Shuningdek, kafedra xodimlari tomonidan 10 ziyod metodik tavsiyanomalar ishlab chiqilib, sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, hamdaQashqadaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent shahar va Buxoro filiallariga tadbiq etildi