Top.Mail.Ru
×
Menu
Close Menu

Biologik kimyo kafedrasi

Xalikov Qahhor Mirzayevich
Biologik kimyo kafedrasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent


Qabul vaqti: Dushanba-shanba: 08:30-14:30
Tel: (0366) 232-25-54, +998915355153
E-mail: kaxorxalikov@mail.ru
Manzil: Samarqand sh., Amir Temur ko`ch, 18

KAFEDRA A'ZOLARI


F.I.SH Lavozimi
Sovetov Qoraqul Tashanovich

b.f.n., dotsent

Jalilov Mustafo Uzakovich

f. n., assistent

Bayqulov Azim Kenjayevich

PhD, assistent

Nurboyev Xamidullo Irisboyevich

k.f. n., assistant

Saidmuradova Zarifa Azamatovna assistent
Fayzullayeva Xilola Baxranovna assistent
Murtazayeva Nasiba Komiljonovna assistent
Xalimova Salomat Asrorovna assistent
Kim Oksana Vladislavovna assistent
Nazarova Gulchexra Shuxratjonovna assistent
Sattarova Hulkar G`ayratovna assistent
Toshmurodov Dostonjon Asatullo o'g'li assistent
Usarov Gofur Xusanovich assistent
Mamadalieva Zarina Rustamovna assistent
Nazarova Maxbuba Erkinovna assistent
Keldiyorova Shoxida Xusniddin qizi assistent
Axmedov Amed Suyunovich magistr

Biologik kimyo kafedrasi jamoasi


KAFEDRA TARIXI


  Xalikov Qahhor Mirzayevich tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent. 2-Moskva tibbiyot instituti tibbiy biologiya fakultetini bitirgan. 2017 yilning avgust oyidan boshlab kafedrasi mudiri lavozimida ishlamoqda. 1930 yilda "umumiy kimyo" kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 1933 yilga qadar prof. N.L.Merkulovich mudirlik qilgan, 1933-1936 yillarda kafedrani professor L. N. Parfentyev boshqargan.
  1938 yildan boshlab "anorganik ximiya" kafedrasi deb atalib, uni 1946 yilgacha dosent A.A.Shamshurin boshqargan. Bu yillar mobaynida kafedra xodimlari anorganik kimyoning turli yo'nalishlarida ilmiy-izlanishlar olib borgan va ular tomonidan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan, bitta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilingan.
1946-1964 yillari kafedraga dots. S.F.Babak mudirlik qilgan. Uning rahbarligida kafedrada "Alkalloidlarning kompleks birikmalari pirimidin hosilalari" mavzusida ilmiy-tekshirish ishlari olib borilgan.
  Bioximiya kafedrasi ham 1930 yilda tashkil topgan bo'lib, ushbu kafedrani 1931 yildan to 1961 yilgacha professor L.N.Lapin boshqargan. Ushbu davrda kafedra xodimlari tomonidan sul'fanilamid preparatlari, C vitamini, xolesterin, xlor tuzlari, qonda atseton tanachalarini aniqlashning zamonaviy mikrometodlari ishlab chiqilgan.
  1964 yilda umumiy ximiya kafedrasi bilan biologik ximiya kafedrasi birlashtiriladi va unga dots. I.G.Priyev rahbarlik qildi.
Bu davr ichida kafedraning organik ximiya bilan shug'ullanuvchi a'zolari karbazidning yangi sintez usulini ishlab chiqdilar va mikroelementlarning biologik ahamiyatini tadqiq qiladilar. Natijada sog'liqni saqlash amaliyoti uchun muhim ahamiyatga molik bo'lgan yangi xulosalar olindi.
1977 yil dekabr oyida kafedra Bioanorganik va fizikoviy ximiya, hamda Bioorganik va biologik ximiya kafedralariga bo'lindi. Bioanorganik va fizikaviy ximiya kafedrasiga dots. Q.A.Asqarov rahbarlik qila boshladi. Bu yillar kafedrada ilmiy izlanishlarga e'tibor yanada oshdi. Buning samarasi o'laroq kafedrada 4 ta doktorlik (Q.A.Asqarov, D.M.Ivniskiy, M.D.Davronov, B.S.Mirzayev) va 12 ta nomzodlik (S.T.Rashidova, I.M.Muratov, R.T.Toshmatova, Z.Yu.Yunusova, K,I,Iskandarov, M.F.Yulayev, R.A.Dmitrieva, D.Daniyarov, N.Tangiyarikov va b.q) tayyorlandi va himoya qilindi. Oltita monografiya 450 dan ortiq ilmiy va o'quv – uslubiy maqolalar nashr etildi. Bu davrda kafedra a'zolari tomonidan 20 ta ilmiy kashfiyot uchun mualliflik guvohnomalari, 2 ta patent 30 ga yaqin ilmiy mulohazalar asoslanib berildi.
  Bioorganik va biologik ximiya kafedrasiga esa prof. V.A.Blinov rahbarlik qildi. Ilmiy tadqiqotlar ko'lami kengaytirilib, kafedra jamoasining diqqat-e'tibori qon tomir sistemasi fiziologiyasi va patologiyasi masalalarini ilmiy asosda tadqiq etishga qaratildi. Bu ilmiy izlanishlar natijasida ko'plab ilmiy-maqolalar chop etildi, bir qancha mualliflik guvohnomlari olindi. 1-ta doktorlik va 6-ta nomzodlik dissertasiyalari himoya qilindi.
1994 yilning sentyabr oyida Bioanorganik, fizikaviy ximiya kafedrasi bilan Bioorganik va biologik ximiya kafedrasi birlashtirildi. Kafedra Bioanorganik, Bioorganik va biologik ximiya kafedrasini deb atala boshlandi. Kafedraga prof. Q.A.Asqarov mudirlik qilgan.
2012 yilning iyul oyidan 2017 yil avgust oyiga qadar dotsent Q. T. Sovetov kafedraga mudirlik qildi.
2017 yil avgust oyidan "tibbiyot va biologiya kimyosi" kafedrasi nomi berildi va unga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Q. M. Xoliqov mudirlik qila boshladi
2020 yil avgust oyidan "tibbiy va biologiya kimyosi" kafedrasi ikki alohida kafedraga bo`linib " tibbiy kimyo" va "biologik kimyo" nomi berildi va "Biologiya kimyo" kafedrasiga tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Q. M. Xoliqov mudirlik qila boshladi.

Turli yillarda biologik kimyo kafedrasi mudiri bo'lib ishlaganlar



MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR


  Kafedraning yillik rejasi 2020 yilning avgust oyida tasdiqlangan bo'lib, unda asosan 5 ta asosiy bo'lim mujassamlangan bulib ular quyidagilardir:
1. Tashkiliy ishlar.
Bunda o'tgan o'quv yili ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar natijasi muhokama qilinadi va yangi o'quv yili uchun kafedraning hamda guruh murabbiylarini yillik ish rejalarini tasdiqlash masalasi bo'yicha kafedra mudiri dos. Q.M.Xalikov kafedra a'zolariga topshiriqlar beradi. Bundan tashqari, ma'naviy – ma'rifiy sohaga doir O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, vazirlik hay'ati qarorlari, buyruqlari va modemlarida berilgan vazifalarning kafedrada to'laqonli bajarilish tashkil etish, ijro intizomini bajarilishi haqida ham kafedra mudiri dots. Q.M.Xalikov o'zlarini kerakli maslahatlarini berib boradi.
2. Ma'naviy barkamol mutaxassislarni tayyorlashda tarbiyaviy ishlar ustuvorligini ta'minlash.
Bu bo'lim o'z ichiga 10 ta asosiy bandlarni qamrab olgan bo'lib, ularda asosan ta'lim-tarbiya, odob-axloq, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, teran fikrlashga undaydi. Ushbu bo'limdagi 5-chi bandida sog'lom turmush tarzi falsafasi shakllantirilgan bo'lib, institutda sog'lom turmush tarzi – yuksak ta'lim-tarbiya asosi kabi mavzularda davra suhbatlari uyushtirish, inson salomatligini asrashga oid milliy qadriyatlar va an'analar bo'yicha "sog'lom turmush tarzi va yoshlar tarbiyasi" mavzusida bukletlar tayyorlash, mashhur sportchilar, Universiada sport musobaqalari sovrindorlari, sport faxriylari bilan talabalar uchrashuvini tashkil qilish hamda giyohvandlik, alkogolizm, tamaki chekishning zararli oqibatlari haqida davra suhbatlari, kechalar tashkil etish, inson salomatligiga salbiy ta'sir qiluvchi illatlarni oldini olishda talabalar faolligini oshirish kerakligi haqida murabbiylarga tegishli ko'rsatmalar beriladi.
Badiiy-estetik tarbiya haqida talabalarning san'atga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida havaskor qo'shiqchilik turlari bo'yicha badiiy dastalar tashkil etish, folklor-etnografik dastalarning Respublika tanlovida ishtirokini ta'minlash, Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun daxldorlik hissi bilan yo'g'rilgan badiiy yetuk-qo'shiqlar yaratishni rag'batlantirish maqsadida turli Respublika ko'rik tanloviga talabalarni jalb etish kerakligi haqida guruh murabbiylariga tegishli maslahatlar berib o'tiladi.
Iqtisodiy va ekologik tarbiya haqida insonlarni halol yashashga to'g'ri ishlashga da'vat qilib, "halol rizq topish iymondandir" mavzusida davra suhbatlarni har bir murabbiy o'z guruhi bilan alohida yig'ilishlar o'tkazib, talabalarni halollikka undash haqida ma'ruzalar qiladilar.
3. O'zbekiston mustaqilligi printsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo'shishga qodir shaxsni shakllantirish borasida ta'lim muassasalari, ota-onalar, mahalla, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.
Ta'lim tarbiyaviy ishlarda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, aloqalarni jonlantirish va o'zaro axborot almashinuvini tizimli yo'lga qo'yish, farzand tarbiyasi va ota-ona mas'uliyati mavzusida ma'ruzalar tashkil etish hozirgi kunning eng asosiy masalalaridan biridir.
4. Milliy qadriyatlar va an'analar
Milliy qadriyatlar va an'analar, ajdodlarimizning boy me'rosini targ'ib qilish bo'yicha "Ma'naviyat soatlari" uchun mavzular va kerakli materiallar tayyorlanadi.
9-may – xotira va qadrlash kuniga bag'ishlab "inson qadri va uning xotirasi muqaddas" mavzusida kafedra mudiri dos. K.M.Xalikov va kafedra professori q.A.Asqarovlar katta o'quv zalida talabalarga 1941-1945 yillardagi bo'lib o'tgan dahshatli kunlar haqida ajoyib ma'ruza qilib beradilar.
5. Yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish
Talabalarning darsdan bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga yo'naltirilgan fan to'garaklari tashkil etilgan. Bundan tashqari kafedra o'qituvchilari yil davomida har oyning belgilangan kunlarida TTJ da tungi navbatchilikni ham bajarib, u erda talabalar bilan ta'lim-tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy ishlar olib borishdi.
  O'quv yili boshida oqim va guruh murabbiylari o'zlariga biriktirilgan talabalar bilan mustahkam aloqada bo'lib, o'quv yili davomida bajarilishi lozim bo'lgan ish rejalari kelishib olinadi. Reja asosida murabbiylar va talabalar bilan turli tadbirlar o'tkazib, bu haqida albomlar va disklar tashkil etiladi.

  O'quv yili boshida oqim va guruh murabbiylari o'zlariga biriktirilgan talabalar bilan mustahkam aloqada bo'lib, o'quv yili davomida bajarilishi lozim bo'lgan ish rejalari kelishib olinadi. Reja asosida murabbiylar va talabalar bilan turli tadbirlar o'tkazib, bu haqida albomlar va disklar tashkil etiladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta tashabbus ijrosi yuzasidan kafedrada tahsil olayotgan talabalarda mustaqillik g'oyalari, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini chuqur singdirish, jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qatiy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy sohada olib brilayotgan ishlarni takomillashtirish, talaba yoshlarni turli xil oqimlar va jamiyatimizga yot bo'lgan illatlardan asrash hamda jamoada doimiy hushyorlikni ta'minlash va bu borada kafedra professor-o'qituvchilari mas'uliyatini oshirish yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus talim vazirligining 2017 yil 31-iyulidagi 526-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish bo'yicha namunaviy Nizom" va "Oliy talim muassasalarining murabbiylar kengashi to'g'risidagi Nizom", shuningdek,  Vazirlikning 2017 yil 23 avgustdagi 600-son buyrug'i hamda Vazirlikning 2019 yil 02 fevraldagi 87-04-249-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida farmasiya va stomatologiya fakultetlari dekanlarining "fakultetda 2021-2022 o'quv yilida murabbiylar Kengashini tashkil etish hamda guruh murabbiylarini tayinlash to'g'risida" gi farmoyishlari 1-ilovasiga muvofiq biologik kimyo kafedrasi professor-o`qituvchilariga talabalar guruh murabbiylari tasdiqlandi:

Guruh murabbiylariga:


- Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2019 yil 02 fevraldagi 87-04-249-sonli xati ilovasi bilan yuborilgan guruh murabbiylari faoliyatini baholashning "namunaviy mezoni" talablarini o'z vaqtida bajarib borish;

-har o'quv yili boshida yillik ish rejalarini tuzish va rejada belgilangan tadbirlarni o'z vaqtida to'liq amalga oshirishi, guruhdagi har bir student to'g'risidagi to'liq ma'lumotni shakllantirish;

-O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirlik va mahalliy hokimiyat hamda institut rektorining o'quv-tarbiyaviy faoliyatga doir buyruqlari ijrosini o'z vaqtida ta'minlash;

-studentlarning odob-ahloq qoidalariga amal qilish darajasini yuksaltirish, davomat va o'zlashtirishni mukammal tahlil qilish, jamoat ishlariga jalb qilish;

-har bir studentning shaxsiy qiziqishi to'g'risida mukammal ma'lumotga ega bo'lish, bo'sh vaqtlarining mazmunli o'tkazilishini ta'minlash, ota-onalari bilan doimiy muloqotda bo'lish;

-guruhlarda iqtidorli studentlarni aniqlash, ularni ilmiy-ijodiy to'garaklarga jalb etish vazifalari yuklatildi.

  2021 yil Prezidentimiz tomonidan "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan kafedrada ma'naviy ishlar yanada rivojlantirildi. Haftaning payshanba kunlari o'tkaziladigan "axborot soati" da shaxsning ma'naviy kamolotini rivojlantirish maqsadida yuksak ma'naviyat mezonlari, talabalar ma'naviy kamoloti, diniy bag'rikenglik mavzularida suhbatlar yil davomida doimiy o'tkazib borildi. "Odam savdosi – asr vabosi" mavzusida viloyat IIB odam savdosiga qarshi kurash bo'limi, viloyat bojxona, diniy nazorat va viloyat OITS markazi xodimlari ishtirokida katta tadbir o'tkazilib, unda odam savdosi salbiy oqibatlari haqida videofilm namoyish etildi.

  Milliy bayramlar, tarixiy shaxslar va buyuk ajdodlarimizning tavallud kunlari doimiy nishonlanib kelindi. Jumladan, "Mustaqillik bayrami", "Ustoz va murabbiylar kuni", "til bayrami", "Qurbon hayiti", "Vatan himoyachilari kuni", "xalqaro xotin-qizlar kuni", "Navro'z bayrami", "Xotira va qadrlash kuni" singari bayramlar.

Bulardan tashqari Respublika va jahon miqyosida o'tkaziladigan kunlar:

3-noyabr – xalqaro nogironlar kuni

1 - dekabr – OITS ga qarshi kurash kuni

18 may – xalqaro muzeylar kuni

1 iyun – bolalarni himoya qilish kuni

24 iyun – narkomaniyaga qarshi kurash kuni

Ushbu sanalarga bag'ishlab barcha guruhlarda davra suhbatlari o'tkaziladi.



O’QUV-USLUBIY ISHLARI


  Kafedrada davolash, pedianriya,, kasb ta'limi, stomatologiya , tibbiy profilaktika, xalq tabobati 2 -kurs talabalari, tibbiyot biologiyasi fakultetining 2 va 4 -kurs, farmatsevtika fakultetining 3 -kurs talabalari tehsil olishadi. Bundan tashqari, kafedrada xalqaro fakultetining qo`yidagi talabalari o'qiydilar: oliy hamshiralik ishi fakultetlarining 1 kursi va davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlarining 2 kursi. 2020-2021 o'quv yilidan boshlab kafedra Pokiston va Hindistondan kelgan xalqaro fakultet MBBS talabalarini o'qitish ustida ish boshladi.

  2021 yil iyulgacha kafedra SamMI biokimyoviy binosida joylashgan edi va hozirda yangi o'quv binosida kafedrada 13 ta zamonaviy o'quv xonasi mavjud (ulardan 5 ta o'quv laboratoriyasi zamonaviy laboratoriyaning barcha zarur jihozlari bilan jihozlangan). yangi stol va stullar bilan jihozlangan, har bir xonada multimediyali proyektorlar, interaktiv doska o'rnatilgan. Kafedraning o'quv va ilmiy faoliyatini amalga oshirish uchun institut rahbariyati zamonaviy IFA analizatorlari va avtomatik biokimyoviy analizatorlarni sotib oldi, bu talabalar uchun to'liq laboratoriya tadqiqotlari hamda keng ko'lamli ilmiy tadqiqotlar uchun barcha sharoitlarni yaratadi. Barcha ma'ruzalarning elektron versiyalari, virtual laboratoriyalar mavjud.

  Kafedrada institutning davolash, pediatriya, kasbiy ta'lim, stomatologiya, tibbiy profilaktika, tibbiy biologiya, fakultetlarining 2 kurs, oliy hamshiralik ishi (oxi) va xalq tabobati fakultetlarining 1 kurs va farmasiya fakulteting 3 kurs tabalariga biologik ximiya fani bo'yicha dars o`tiladi. Kafedrada 5 ta o'quv laboratoriyasi va 1 ta moslashtirilgan-texnik vositalari bilan jihozlangan laboratoriya xonalari va amaliy laboratoriya ishlari shaklida olib boriladigan va xo'jalik shartnomasi va grant asosida ishlaydigan laboratoriyalar mavjud. Barcha maruzalarning elektron versiyalari, virtual laboratoriyalar mavjud.

  Kafedra xodimlari tomonidan qo`yidagi o`quv, o`quv-metodik qo`llanmalar chop etildi:

1. Biologik kimyo (darslik Xalikov K.M. va hammualiflar tomonidan 2 tomlik uzbek va rus tilida)

2. "Analitik kimyo fanidan laboratoriya va amaliy mashgulotlar" ( o`quv qo`llanma)

3. Nuklein kislota va oksil biosintezi (o`quv qo`llanma)

4. Nuklein kislotalar tuzilishi (o`quv metodik qo`llanma)

5. Moddalar almashinuviga kirish. Katabolizmning umumiy yullari


ILMIY TADQIQOT ISHLARI


  Kafedraning ilmiy yo'nalishlari MDH va uzoq horijiy davlatlardagi yirik ilmiy markazlar bilan hamkorlikda bajarilmoqda. (Moskva, Ivanova, Sankt-Peterburg, Kiev, Tel'-Aviv, London, Saratov) kafedra xodimlari o'tkazilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo'yicha shu yillar davomida 7 ta doktorlik dissertasiyasi, 35 ta nomzodlik dissertasiyasi himoya qilindi, 17 ta monografiya, 1800 dan ortiq ilmiy va o'quv-uslibiy maqolalar chop qilindi, 100 ortiq mualliflik va rasionalizatorlik guvohnomalari, fanda erishgan muvafaqqiyatlari uchun 1985 yilda halq xo'jaligi yutuqlari ko'rgazmasining (VDNX) oltin medalini olishga sazovor bo'lgan.
  Kafedra olimlari tomonidan olib borilgan ilmiy ishlar har doim ilmiy–pedagogik kadrlar tayyorlash va amaliy sog'liqni saqlash talablari bilan uzviy bog'liq holda olib borildi, ayni paytda "ona va bola salomatligini muhofaza qilish, mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda diagnostika, davolash va profilaktika usullarini ishlab chiqish "deb nomlangan fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat dasturida belgilangan muammolarni hal etishga qaratilgan.
  Oxirgi 3 yilda tugallangan ilmiy-tadqiqot ishlari yakunlariga ko'ra 1 ta PhD dissertatsiyasi kafedra assistenti Baykulov A.K. tomonidan himoya qilindi, kafedra xodimlari tomonidan 60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 12 ta chet elda chop etilgan.
Kafedra uzining ilmiy faoliyatini Janubiy Kozog'iston tibbiyot akademiyasi, Isaev nomidagi parazitologiya ITI (Samarqand), SamDTI kafedralari bilan tuzilgan shartnoma-memorandum orqali jonlantirish bo`icha qator ishlarni amalga oshirmoqda. Xususan assistent Fayzullaeva X.B. mustaqil izlanuvchi-tadqiqotchi sifatida "asfiksiya bilan to`g`ilgan chaqaloqlarda klinik-laborator ko`rsatgichlarning prognostik informatikligi" mavzusida ilmiy ish olib borib, ushbu ishini 2021 yilda himoyaga olib chiqishi rejalashtirilgan. Assistentlar Baykulov A.K., Sattarova H.G`., Toshmurodov D.A. va kafedra magistri Axmedov A.S. o`zlarining ilmiy izlanishlari mavzularini Isaev nomidagi parazitologiya ITI (Samarqand) xodimlari bilan birgalikda amalga oshirishmoqda. Ilmiy ishlar natijalarini nufuzli jurnallrda maqola sifatida chop etib kelinmoqda.
  Ta'kidlash lozimki, kafedra tarixida birinchi marta 2021-2022 o`quv yilidan SamDTI rahbariyati say harakati tufayli Belorussiya davlat tibbiyot uneversiteti bilan hamkorlikda tibbiy bioximiya yo`nalishi bo`yicha magistraturaga tanlov e'lon qilindi va shu yo`nalishga Axmedov Amed Suyunovich imtihonlardan muvaffaqiyatli o`tib qo`shma dastur bo`yicha magistratura rezidenti bo`ldi. Qisqa vaqt ichida Axmedov A.S. Isaev parazitologiya ITI bilan xamkorlikda "Razrabotka sposobov diagnostiki xronicheskogo vospaleniya tonkogo kishechnika na osnove tsitokinovogo statusa" mavzusida magistrlik ilmiy mavzusi buyicha ishlarni boshladi.
  Talabalar ilmiy jamiyati
  Talabalarning ilmiy to'garaklar ishida ishtiroki kafedra ishida ta'lim jarayonining ajralmas qismi bo'lib, unda 10 dan ortiq talabalar ishlashadi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining materiallari har yili yosh olimlar konferensiyasida e'lon qilinadi va eng yaxshi ishlar har yili sovrinli o'rinlarni olgan universitetlararo ilmiy anjumanlarga topshiriladi.