Turkiyalik mehmonlar bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 3-avgust kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida Turkiya Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Atlas universitetining vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni universitet rektori, professor Jasur Rizayev kutib oldi hamda ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Muzokaralar davomida Turkiya sog‘liqni saqlash tizimi bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, Atlas universiteti bilan birgalikda bir qator yangi loyihalar, ilmiy ishlar, xalqaro anjumanlar tashkil etish, shuningdek, akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish borasida fikr almashildi.




SamDTU Matbuot xizmati