Joriy yilning 3-4-aprel kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “Sog‘liqni saqlashda innovatsion texnologiyalar: ichki kasalliklar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusidagi V xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda Respublikamiz bilan bir qatorda Qozog‘iston va Rossiya Federatsiyasidan tashrif buyurgan yetuk mutaxassislar, olimlar hamda soha vakillari faol ishtirok etdilar. Bu esa ilmiy hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va zamonaviy tibbiyot yo‘nalishidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi.
Plenar yig‘ilishdan so‘ng anjuman o‘z ishini 7 ta seksiya bo‘yicha davom ettirdi. Anjuman davomida sog‘liqni saqlash tizimiga innovatsion texnologiyalarni joriy etish, ichki kasalliklarni tashxislash va davolashda ilg‘or yondashuvlarni qo‘llash, shuningdek, tibbiyotni modernizatsiya qilish istiqbollari yuzasidan qator ilmiy ma’ruzalar tinglandi. Shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan mahorat darslari tashkil etilib, ishtirokchilar uchun muhim bilim va ko‘nikmalar taqdim etildi.
Mazkur xalqaro anjuman nafaqat ilmiy muloqot maydonini yaratdi, balki tibbiyot sohasida innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash hamda ichki kasalliklar yo‘nalishida yangi ilmiy-amaliy yechimlarni ilgari surishda muhim ahamiyat kasb etdi.

















SamDTU Matbuot xizmati