Samarqand davlat tibbiyot universitetida Quyi Amudaryo mintaqasi va Orolbo‘yi hududlariga xos boy madaniy merosni targ‘ib etishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida milliy liboslar uyg‘unligi aks ettirilgan “Qaratereng-marvaridi” moda namoyishi o‘tkazilib, unda Qoraqalpoq xalqining o‘ziga xos urf-odatlari, estetik qarashlari va betakror kiyinish madaniyati namoyon etildi.
Milliy liboslar orqali ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlar, hududiy an’analar va xalqona did zamonaviy talqin bilan uyg‘unlashtirilib, tomoshabinlarga yuksak ruhiy taassurot bag‘ishladi.
Shuningdek, tadbir davomida Qoraqalpoq milliy an’analariga oid sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda madaniy chiqishlar namoyish etilib, talaba-yoshlar qalbida milliy o‘zlik va madaniyatga bo‘lgan hurmat yanada mustahkamlandi.
Mazkur tadbir yoshlar ongida milliy merosni asrash va uni kelajak avlodlarga yetkazish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.








SamDTU Matbuot xizmati