×
Menu
Close Menu

​O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi o‘tkazildi

  Joriy yilning 13-mart sanasida Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum ikki mamlakat o‘rtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, ikki mamalakat oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarining yangi davrini boshlab bergani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

  Forumda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi mamalakatimiz oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shu jumladan Samarqand davlat tibbiyot universiteti vakillari ham ishtirok etdi.

  Forum doirasida Samarqand davlat tibbiyot universiteti hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

  Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston va Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish hamda akademik mobillikni kengaytirishga qaratilgan 60 dan ortiq hamkorlik memorandumlari imzolandi.

SamDTU Matbuot xizmati