Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​Jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchilari Germaniyaga yoʻl oladi

  Joriy yilning yanvar oyi oxirida Germaniyaning "Connecta" kompaniyasi tomonidan Samarqand Davlat tibbiyot universitetiga qarashli Jamoat salomatligi tibbiyot texnikumlari oʻquvchilari bilan zoom platformasi orqali suhbatlar tashkil etildi. Oʻquvchilarning til bilish darajalari va bilimlari sinovdan oʻtkazilib, loyiqlar saralab olindi.

  Suhbatlar natijasida oʻn nafar JST oʻquvchilari saralab olinib, shartnoma tuzildi. Shartnomaga koʻra endi ular oʻqish va keyingi ish faoliyatini Germaniyada davom ettirish imkoniyatiga ega boʻladilar.


SamDTU matbuot xizmati