×
Menu
Close Menu

​O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi

  Joriy yilning 1-noyabrida Samarqand davlat tibbiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda SamDTU Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi hamda Davolash ishi fakultetining yuqori kurs talabalari ishtirok etdi. 

  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi vakillari tomonidan talabalarga akademiyaning tarixi, faoliyati hamda unda yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasiga hujjat topshirish va o’qish tartibi va Bakalavriyat, Harbiy internatura, Klinik ordinatura, Magistratura, Doktorantura ta'lim yo'nalishlari va mutaxxasisliklari haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi. Akademiyada o’qish istagida bo’lgan talabalar bilan suhbatlar tashkil etildi. Talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

  Ma'lumot o’rnida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-oktabrdagi “Harbiy tibbiyot sohasidagi kadrlarni tayyorlashning sifat jihatdan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4870 – son qaroriga muvofiq 2021-yildan faoliyat yuritib keladi. Akademiya O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlab kelmoqda.


SamDTU matbuot xizmati