26-sentabr kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetining 1-bosqichiga qabul qilingan talabalari bilan “Dekan va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda Samarqand davlat tibbiyot universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor E.Tangirov, universitet profilaktika inspektori O.Eshmurodov, pediatriya fakulteti dekani Sanjar Karabayev, dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar va fakultet talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida 1-bosqich talablari universitet rahbariyati bilan tanishtirilib, oʻqish, odob-axloq va kiyinish tartib-qoidalari haqida gapirildi. Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha brinchi prorektor E.Tangirov soʻzga chiqib, barcha talabalarni oliygoh ostonasiga qadam qoʻygani bilan tabrikladi va universitetda olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar haqida maʼlumot berib oʻtdi. Fakultet dekani pediatriya fakulteti tarixi va buguni bilan talabalarni yaqindan tanishtirdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi, talabalarning barcha taklif va mulohazalari tinglandi.
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
![]()
SamDTU matbuot xizmati