Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

SAMDTUDA “QOG‘OZSIZ BIR KUN” EKOAKSIYASI!

  Har oyning oxirgi juma kuni Samarqand davlat tibbiyot universitetida ekologik barqarorlikni ta’minlash va raqamli boshqaruvni rivojlantirishga qaratilgan “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi.

  🌿 Tashabbusning asosiy maqsadlari:
✅ Raqamli boshqaruv tizimlarini keng joriy etish;
✅ Qog‘oz sarfini kamaytirish va resurslardan oqilona foydalanish;
✅ Tabiiy boyliklarni asrash;
✅ Ekologik barqarorlikni ta’minlash va “yashil” muhitni shakllantirish.

  Kelajakni asrash bugundan boshlanadi!

  Raqamli texnologiyalar — samaradorlik va qulaylik sari muhim qadam. Tejab qolingan har bir sahifa esa tabiatni muhofaza qilish yo‘lidagi kichik, ammo ahamiyatli hissadir.

  📢 Universitet jamoasi va barcha xodimlarni “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasida faol ishtirok etishga chorlaymiz!

  Birgalikda tabiatni asraylik, raqamli kelajakni yarataylik!