“MUSTAQIL O‘ZBEKISTON — MENING FAXRIM” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi!
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Pedagogika va psixologiya fakulteti tashabbusi bilan “Mustaqil O‘zbekiston — mening faxrim” mavzusida talabalar o‘rtasida insholar tanlovi tashkil etilmoqda.
🎯 Tanlovning maqsadi:
Talaba-yoshlarda Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va faxr tuyg‘ularini yanada mustahkamlash, mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va islohotlarni keng targ‘ib etish hamda yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
👥 Tanlovda:
Universitetning barcha faol va ijodkor talaba-yoshlari ishtirok etishlari mumkin.
✍️ Insholarda O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohalardagi yutuqlari, yurtdagi tinchlik va osoyishtalik, milliy qadriyatlar, ona Vatanga sadoqat hamda yoshlarning kelajak oldidagi mas’uliyati kabi mavzular yoritilishi mumkin.
🏆 Tanlov yakunida eng mazmunli, ijodiy va mavzuga mos insholar tanlov hay’ati tomonidan baholanadi hamda g‘oliblar munosib taqdirlanadi.
📍 Manzil: Samarqand davlat tibbiyot universiteti
📅 Tanlov sanasi: 2026-yil 14-sentabr