2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinaturaga qabul
Samarqand davlat tibbiyot universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida klinik ordinaturaga qabul amalga oshiriladi.
Mazkur qo‘shma ta’lim dasturlari doirasida ta’lim quyidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladi:
Belarus Respublikasi — Belarus davlat tibbiyot universiteti
Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
- Kombustiologiya;
- Neyroxirurgiya;
- Onkoxirurgiya;
- Oftalmologiya;
- Plastik xirurgiya;
- Rentgen-endovaskulyar xirurgiya;
- Qon tomir xirurgiyasi;
- Toksikologiya;
- Transplantologiya;
- Funksional diagnostika;
- Stomatologiya;
- Yuz-jag‘ xirurgiyasi;
- Terapevtik stomatologiya;
- Xirurgik stomatologiya;
- Ortopedik stomatologiya;
- Bolalar stomatologiyasi.
Har bir mutaxassislik bo‘yicha 10 ta qabul o‘rni ajratilgan.
Ta’lim shakli — kunduzgi, ta’lim tili — rus tili, o‘qish muddati — 1+1 yil.
Rossiya Federatsiyasi — Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti
Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:
- Akusherlik va ginekologiya;
- Radiologiya;
- Allergologiya va immunologiya;
- Kardiologiya;
- Nevrologiya;
- Neyroxirurgiya;
- Onkologiya;
- Otorinolaringologiya;
- Yurak qon-tomir xirurgiyasi;
- Torakal xirurgiya;
- Travmatologiya va ortopediya;
- Urologiya;
- Yuz-jag‘ xirurgiyasi;
- Terapevtik stomatologiya;
- Xirurgik stomatologiya;
- Ortopedik stomatologiya;
- Bolalar stomatologiyasi;
- Ortodontiya;
- Farmatsevtik texnologiya.
Har bir mutaxassislik bo‘yicha 10 ta qabul o‘rni ajratilgan.
Ta’lim shakli — kunduzgi, ta’lim tili — rus tili, o‘qish muddati — 1,5+1,5 yil.
Eslatma: qabul ko‘rsatkichlari va ta’lim shartlari tasdiqlangan ma’lumotlarga muvofiq keltirilgan.
Shoshiling! Qabulning so‘nggi muddati — 20-sentabr!
📌 Batafsil ma’lumot: +998 90-195-59-33