Talabalikka qayta tiklash va o‘qishini ko‘chirish komissiyasi yig‘ilishi o‘tkaziladi
2026–2027-o‘quv yili uchun talabalikka qayta tiklash hamda o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha komissiya yig‘ilishi 2026-yil 24-avgust kuni soat 09:00 da Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi binosida bo‘lib o‘tadi.
Mazkur yig‘ilishda talabalikka qayta tiklash va o‘qishini ko‘chirish bilan bog‘liq murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Shu munosabat bilan ushbu jarayonga aloqador talabalar va ariza topshirgan fuqarolardan belgilangan sana va vaqtda universitetning yangi binosiga yetib kelishlari so‘raladi.
Sana: 2026-yil 24-avgust
Vaqt: 09:00
Manzil: Samarqand davlat tibbiyot universitetining yangi binosi
O‘quv-uslubiy boshqarma