TAYANCH DOKTORANTURA (PhD) VA DOKTORANTURA (DSc)GA QABUL E’LON QILINADI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli «Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi nizom talablariga muvofiq, Samarqand davlat tibbiyot universiteti tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga hujjatlar qabul qilishni e’lon qiladi.
Hujjatlarni qabul qilish muddati
Hujjatlar PDF formatda rasmiylashtiriladi va Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirish bo‘yicha yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz saytida ro‘yxatdan o‘tilgandan so‘ng, 2026-yil 15-oktabrgacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari va suhbatlar 2026-yil 2-noyabrdan 25-noyabrgacha o‘tkaziladi.
TAYANCH DOKTORANTURAGA (PhD) TALABGORLAR UCHUN
Tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- magistr yoki klinik ordinator diplomi nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati hamda ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);
- pasport nusxasi;
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun individual ish rejasi;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat:
- IELTS — o‘rtacha balli kamida 4,0;
- TOEFL ITP — 433 balldan kam bo‘lmagan;
- TOEFL iBT — 42 balldan kam bo‘lmagan;
- CEFR — B1 darajadan past bo‘lmagan;
- Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) — PET 140–159;
- International Test of English Proficiency (iTEP Academic – Plus) — B1 darajadan past bo‘lmagan.
Ro‘yxatdan o‘tish:
https://daraja.ilmiy.uz
DOKTORANTURAGA (DSc) TALABGORLAR UCHUN
Doktoranturaga (DSc) talabgorlar qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma (obyektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati hamda ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis);
- pasport nusxasi;
- xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi milliy yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat:
- IELTS — o‘rtacha balli kamida 4,0;
- TOEFL ITP — 433 balldan kam bo‘lmagan;
- TOEFL iBT — 42 balldan kam bo‘lmagan;
- CEFR — B1 darajadan past bo‘lmagan;
- Cambridge Assessment English (KET, PET, FCE, CAE, CPE) — PET 140–159;
- International Test of English Proficiency (iTEP Academic – Plus) — B1 darajadan past bo‘lmagan;
- fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasi bo‘yicha individual ish rejasi.
Ro‘yxatdan o‘tish: https://daraja.ilmiy.uz
2027-YIL UCHUN AJRATILGAN KVOTALAR
| № | Ixtisoslik shifri va nomi | Doktorantura (DSc) | Tayanch doktorantura (PhD) |
|---|---|---|---|
| 1 | 14.00.01 Akusherlik va ginekologiya | 0 | 4 |
| 2 | 14.00.03 Endokrinologiya | 1 | 1 |
| 3 | 14.00.04 Otorinolaringologiya | 1 | 4 |
| 4 | 14.00.05 Ichki kasalliklar | 1 | 4 |
| 5 | 14.00.06 Kardiologiya | 1 | 3 |
| 6 | 14.00.13 Nevrologiya | 0 | 3 |
| 7 | 14.00.14 Onkologiya | 1 | 1 |
| 8 | 14.00.18 Psixiatriya va narkologiya | 0 | 2 |
| 9 | 14.00.19 Klinik radiologiya | 1 | 2 |
| 10 | 14.00.21 Stomatologiya | 0 | 3 |
| 11 | 14.00.25 Klinik-laborator va funksional diagnostika | 0 | 3 |
| 12 | 14.00.27 Xirurgiya | 1 | 2 |
| 13 | 14.00.31 Urologiya | 1 | 2 |
MUHIM SANALAR
Hujjatlarni qabul qilishning so‘nggi muddati: 2026-yil 15-oktabr
Kirish imtihonlari va suhbatlar: 2026-yil 2–25-noyabr
Elektron ro‘yxatdan o‘tish: daraja.ilmiy.uz