Samarqand davlat tibbiyot universiteti xalqaro reytinglarda yuksak natijalarni qayd etdi!
Times Higher Education (THE) Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDG) bo‘yicha dunyoning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egalladi.
Universitetning asosiy ko‘rsatkichlari:
✔️SDG 3 – Sog‘liq va farovonlik — 82-o‘rin
✔️ SDG 4 – Sifatli ta’lim — 101–200-o‘rin
✔️ SDG 17 – Maqsadlar uchun hamkorlik — 201–300-o‘rin
✔️ SDG 1 – Qashshoqlikka barham berish — 301–400-o‘rin
✔️ SDG 5 – Gender tengligi — 301–400-o‘rin
✔️ SDG 16 – Tinchlik, adolat va samarali institutlar — 401–600-o‘rin
Umumiy THE Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Samarqand davlat tibbiyot universiteti dunyo universitetlari orasida 301–400-o‘rinlar guruhidan joy oldi.
Mazkur natijalar universitetning nafaqat xalqaro maydondagi nufuzini, balki mamlakat miqyosidagi yetakchi o‘rinlarini ham tasdiqladi.
O‘zbekistonning 50 ta oliy ta’lim muassasasi orasida 6-o‘rinni egalladi;
Respublikadagi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari orasida esa 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuqlar universitetda ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, sog‘liqni saqlash, xalqaro hamkorlik va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning xalqaro e’tirofidir.