TEXNIKUM BITIRUVCHILARI DIQQATIGA!
2026/2027-o‘quv yilida Samarqand davlat tibbiyot universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan texnikum bitiruvchilari uchun kirish suhbati sanasi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida qabul qilish yuzasidan Samarqand davlat tibbiyot universitetiga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish suhbati 2026-yil 10-avgust kuni soat 09:00 da o‘tkaziladi.
📍 Manzil:
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Amir Temur ko‘chasi, 18A
Hurmatli talabgorlar, suhbatda ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat hamda belgilangan tartibdagi zarur hujjatlar bilan suhbat boshlanishidan oldin yetib kelishingiz so‘raladi.
Batafsil ma'lumot uchun: +998990411917