Yoshlar xakatoni (Youth Hackathon 2026) xalqaro tanlovida ishtirok eting!
Yoshlarni media va axborot savodxonligi, sun’iy intellekt, raqamli xavfsizlik hamda noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashish sohalarida amaliy yechimlarni ishlab chiqishga jalb etish maqsadida YUNESKO tomonidan “O‘z hissangizni qo‘shing: yoshlar media va axborot savodxonligi kelajagini loyihalashtirmoqda” mavzusida Yoshlar xakatoni (Youth Hackathon 2026) o‘tkazilishi e’lon qilingan.
- Shartlarga ko‘ra tanlovda 2 nafardan 6 nafargacha ishtirokchidan iborat milliy va xalqaro jamoalar qatnashishi mumkin.
- Tanlov ishtirokchilarning yoshi 18-30 yoshgacha bo‘lishi lozim.
- Tanlovda milliy hamda xalqaro jamoalarning ishtirok etishiga ruxsat
beriladi.
Tanlov materiallari YUNESKOning elektron platformasi ( https://tally.so/r/MePkYk ) orqali 2026-yil 6-iyuldan 16-avgustgacha qabul qilinadi.
G‘oliblar o‘z loyihalarini 2026-yil 26–28-noyabr kunlari Saloniki shahrida (Gretsiya) bo‘lib o‘tadigan “Ovozlar: Yevropa jurnalistikasi va OAV erkinligi” mavzusidagi xalqaro festivalda taqdim etadi!