Maxsus imkoniyatlar

Ko'rinish

A Oddiy
Kulrang rejim
Rasmsiz

Matn sozlamalari

Shrift: 18
Qator balandligi: 1.6

Matn tekislash

Shrift

Qo‘shimcha

O'qish uchun qulay shrift
O‘qish yo‘riqchisi
Katta kursor

​XALQARO ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti xorijiy va qoʻshni davlatlardan boʻlgan abituriyentlarni 2026/2027-oʻquv yili uchun bakalavriat va magistratura taʼlim dasturlariga taklif etadi!
  Oliy taʼlim muassasamizda tahsil olishni istagan xalqaro abituriyentlar uchun hujjat topshirish hamda qabul jarayonlari soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

  Hujjat topshirish va qabul bosqichlari:
1. Roʻyxatdan oʻtish: Study in Uzbekistan rasmiy portaliga kiring, roʻyxatdan oʻting hamda oliygohlar roʻyxatidan Samarqand davlat tibbiyot universitetini hamda oʻzingiz qiziqqan taʼlim dasturini tanlang.
2. Ariza yuborish: Talab etilgan hujjatlarni platforma orqali onlayn ariza shaklida yuklang.
3. Suhbat jarayoni: Ariza topshirgan abituriyentlar bilan saralash Zoom platformasi orqali onlayn suhbat (suhbat asosida) oʻtkaziladi.
  Hujjat topshirishning oxirgi muddati: 10-avgustga qadar
  Murojaat va qoʻshimcha maʼlumot uchun:
• Rasmiy veb-sayt: https://www.sammu.uz/uz
• Qabul portali: https://studyin-uzbekistan.uz/
• Elektron pochta: sammu@sammu.uz