Samarqand davlat tibbiyot universiteti 2026/2027 o‘quv yili uchun xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda amalga oshiriladigan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida qabul e’lon qiladi.
Ikki karra diplom, xalqaro standartlar asosida ta’lim va xorijiy universitetlar tajribasidan foydalanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Bakalavriat yo‘nalishlari:
🔹 Davolash ishi (Rossiya, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti) – 60 ta o‘rin
📖 Ta’lim tili: rus
🔹 Pediatriya ishi (Rossiya, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti) – 60 ta o‘rin
📖 Ta’lim tili: rus
🔹 Stomatologiya (Rossiya, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti) – 60 ta o‘rin
📖 Ta’lim tili: rus
🔹 Davolash ishi (Turkiya Respublikasi, Sog‘liq bilimlar universiteti) – 100 ta o‘rin
📖 Ta’lim tili: o‘zbek
🔹 Oliy hamshiralik ishi (AQSh, Webster universiteti) – 25 ta o‘rin
📖 Ta’lim tili: ingliz
🔹 Psixologiya (Rossiya, I.N. Ulyanov nomidagi Chuvash davlat universiteti) – 20 ta o‘rin
📖 Ta’lim tili: rus
🔹 Fundamental tibbiyot (xalq tabobati) (Xitoy, Shinjon tibbiyot universiteti) – 15 ta o‘rin
📖 Ta’lim tili: ingliz
Abituriyentlar uchun muhim eslatma:
- Hujjat topshirish: Barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qish shakli kunduzgi bo‘lib, faqat to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
- Ikki karra diplom: Talabalar o‘qish muddatining dastlabki qismini SamDTUda, qolgan qismini esa hamkor xorijiy universitetda (kontrakt shartlariga ko‘ra) davom ettiradilar va bitiruvda 2 ta diplomga ega bo‘ladilar.
- Til bilish talabi: Xorijiy (rus, ingliz) tillarda o‘qitiladigan yo‘nalishlarga hujjat topshirishda abituriyentlardan tegishli til bilish darajasini tasdiqlovchi xalqaro yoki milliy sertifikat talab qilinadi.
- Murojaat uchun: Qabul shartlari, imtihonlar va hujjatlar ro‘yxati bo‘yicha to‘liq ma’lumotni universitetimizning Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limidan olishingiz mumkin.
Manzil: 100400 Samarqand sh., Amir Temur ko’chasi, 18
Tel: +998 (90) 606-70-00
Faks: +998 66 233 7175