O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirligiga Indian Council for Cultural Relations (ICCR) tomonidan 2026/2027 o‘quv yili uchun xorijiy talabalar uchun stipendiya (grant) ajratish jarayoni boshlanganligi haqida ma’lumot taqdim etildi.
🎓 Ushbu grant dasturi doirasida talabalar Hindistonda tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.📝 Nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim: 🔗 https://a2ascholarships.iccr.gov.in/
Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 15-aprel
Grant dasturining barcha bosqichlari va talablariga oid batafsil ma’lumotlar ilova hujjatlarda keltirilgan.
Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun Samarkand State Medical University Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Barcha talabalarni ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga chorlaymiz!