×
Menu
Close Menu

​ DIQQAT: XORIJIY ILMIY STAJIROVKA UCHUN TANLOV E’LON QILINADI!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti yosh olimlar, magistrlar va klinik ordinatorlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga ilmiy stajirovka o‘tash uchun taklif etadi.

  Hujjatlarni topshirish muddati: 2025-yil 5-dekabrga qadar.

 Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:

  1. SamDTU rektori nomiga ariza;
  2. Nomzodning ma’lumotnomasi (Ob’ektivka);
  3. Fuqarolik pasporti yoki ID-karta nusxasi;
  4. Diplom nusxasi (bakalavr/magistr diplomlari yoki ilmiy daraja/unvonni tasdiqlovchi hujjatlar);
  5. 3x4 o‘lchamdagi rangli fotosurat (2 dona);
  6. Xorijiy ta’lim muassasasidan qabul xati (Invitation letter — mavjud bo‘lsa);
  7. Fakultet dekani va kafedra mudiri tavsiyanomasi;
  8. Ilmiy ishlar ro‘yxati: Scopus, xalqaro va respublika OAK jurnallaridagi maqolalar;
  9. Konferensiya materiallari: Respublika va xalqaro miqyosdagi ma’ruzalar ro‘yxati;
  10. Xalqaro til sertifikati (IELTS, TOEFL, TestDaF va h.k.);
  11. Yutuqlar: Grantlardagi ishtiroki va Prezident stipendiyasi g‘olibligini tasdiqlovchi hujjatlar;
  12. Xorijiy ta’lim muassasasi haqida ma’lumot (muassasa va stajirovka o‘taladigan fakultet/bo‘lim tavsifi);
  13. Ilmiy stajirovka rejasi (stajirovka mavzusi, maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalar batafsil yoritilgan holda).