×
Menu
Close Menu

​“Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanlovi

  2026-yilda muhandislik yo‘nalishlari bo‘yicha “Kelajak muhandislari” respublika ko‘rik tanlovi o‘tkaziladi. Ushbu tanlov innovatsion fikrlovchi yoshlar, professor-o‘qituvchilar va amaliyotchi muhandislarni qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or texnik yechimlarni rivojlantirishga qaratilgan.

  Tanlov muddati: 2026-yil mart–avgust
  Arizalar qabuli: 1-martdan 20-martgacha (30-martgacha uzaytirilishi mumkin)

  Tanlov yo‘nalishlari:

  • Eng yaxshi g‘oya
  • Eng yaxshi loyiha
  • Eng yaxshi ixtiro

   Ishtirokchilar toifalari:

  • 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar
  • Talabalar
  • Amaliyotchi muhandislar

  Mukofot: Har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jami 9 nafar g‘olib elektromobil bilan taqdirlanadi.

  Tanlov bosqichlari:

  1. Texnik ekspertiza
  2. Saralash
  3. Akseleratsiya
  4. Yakuniy bosqich

  Tanlovga qabul qilinadi:

  • Innovatsion g‘oyalar
  • Ilmiy yangilikka ega loyihalar
  • Amaliy ahamiyatga ega ixtirolar

  Muhandislik yo‘nalishlariga mexanik muhandislik, energetika, sun’iy intellekt, robototexnika, qurilish, biotexnologiya, nanotexnologiya, neft-gaz, agroinjiniring va boshqa ko‘plab zamonaviy texnik sohalar kiradi.

  Ro‘yxatdan o‘tish: https://muhandis.edu.uz/

❗️ Barcha talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz!