×
Menu
Close Menu

​ “Mirzo Ulug‘bek vorislari” insholar tanlovi – Universitet bosqichi boshlandi!

  Samarqand davlat tibbiyot universiteti talaba-yoshlari diqqatiga!

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi 30-son qarori ga muvofiq, har yili o‘tkaziladigan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” insho tanlovining Universitet bosqichiga start berildi!!

  Tanlov ishtirokchilari:

  • 16 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari
  • Ilmiy g‘oyalar, innovatsion ishlanmalar va ratsionalizatorlik takliflariga ega yoshlar

  O‘tkazilish sanasi: 10-mart 2026-yil

  2026-yil 10-mart sanaga qadar talabalar Nizom asosida maqolalarini yozib, belgilangan tartibda https://t.me/Parvina_Jamshedovna99manziliga topshirishlari lozim.

  Insho mavzusi: Mirzo Ulug‘bek va uning ilmiy merosi

Maqolada quyidagi jihatlar yoritilishi kerak:

  • Mirzo Ulug‘bekning hayoti
  • Uning ilmiy faoliyati
  • Astronomiya va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi
  • Ilmiy merosi va asarlari
  • Bugungi yoshlar uchun ibratli jihatlari

  Shu munosabat bilan universitetimiz iqtidorli talaba-yoshlarni tanlovda faol ishtirok etishga chorlaydi.

Ilmiy ishlari, startap loyihalari va innovatsion g‘oyalari mavjud talabalar ushbu tanlov orqali o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etishlari mumkin.