Toshkent davlat yuridik universiteti tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Huquq maktabi” mobil ilovasi doimiy ravishda takomillashtirilib, foydalanuvchilar uchun yangi va qulay funksiyalar bilan boyitib borilmoqda.
Ilovada nimalar mavjud?
53 ta kurs, 179 ta fan, 122 ta bo‘lim va 458 ta dars “Bolalar uchun”, “Abituriyentlar uchun”, “Keng aholi qatlami uchun”, “O‘qituvchilar uchun” maxsus yo‘nalishlar Turli kasb egalari uchun 43 ta, abituriyentlar uchun 107 ta huquqiy mavzudagi kontentlar
Asosiy funksiyalar:
- Atamalar – yuridik lug‘at (sodda va tushunarli izohlar bilan)
- Huquqiy maslahat – Yuridik klinika orqali bepul yuridik yordam
- Huquqiy yangiliklar – so‘nggi qonunchilikdagi o‘zgarishlar
- Viktorinalar – “Kim millioner bo‘lishni xohlaydi?”, “To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri”, “Huquqiy krossvord”
- Yuridik kutubxona – amaldagi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar bazasi
- Podkastlar – dolzarb huquqiy savollarga audio javoblar
Ilovadan foydalanish bo‘yicha 4 ta videoqo‘llanma tayyorlangan bo‘lib, ular ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ib qilinmoqda. Loyiha haqida televideniye orqali ham maxsus reportaj efirga uzatildi.
Mazkur ma’lumotlar asosida tayyorlandi
Yuklab oling va foydalaning:
Rasmiy sayt: https://huquqmaktabi.uz/
Android: https://play.google.com/store/apps/details?id=uz.jasurkholiqulov.huquqmaktabi
iOS: https://apps.apple.com/uz/app/huquq-maktabi-mobile/id6544800269
Telegram: https://t.me/huquq_maktabi
Ro‘yxatdan o‘tish yo‘riqnomasi: https://www.canva.com/design/DAHAWGlL_VY/Gai7ug5Dd8AmwzQBvfqypA/watch