Samarqand davlat tibbiyot universiteti zamonaviy tibbiy ta’lim va amaliyot sifatini yanada oshirish maqsadida “Robotlashtirilgan jarrohlik tizimi”ni xarid qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Mazkur xarid universitetda talabalarning nazariy va amaliy tayyorgarligini kuchaytirish, yuqori texnologiyali jarrohlik amaliyotlarini o‘quv jarayoniga joriy etish hamda klinik faoliyatni modernizatsiya qilishga qaratilgan.
Xarid predmeti:
- Robotlashtirilgan jarrohlik tizimi (to‘liq komplektda)
- Integratsiyalashgan 3D HD vizualizatsiya tizimi
- Ikki konsolli boshqaruv (Dual Console)
- 4 ta robot-manipulyator
- Endoskopik tizim (0° va 30° 3D)
- To‘liq instrumentlar va steril aksessuarlar to‘plami
- O‘quv va servis xizmatlari
Yetkazib berish manzili: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 18-uy, 140100
Yetkazib berish muddati: Shartnoma kuchga kirgandan so‘ng 90 bank kuni ichida.
Ishlab chiqarilgan yili: 2025-yildan oldin bo‘lmagan, yangi va foydalanilmagan uskunalar.
Qo‘shimcha talablar:
- O‘zbekiston hududida servis markazi mavjudligi
- Tibbiy va texnik xodimlarni o‘qitish (rus va o‘zbek tillarida)
- 12 oylik kafolat muddati
- Xalqaro va milliy sertifikatlarga muvofiqlik
Qo‘shimcha ma’lumot uchun +99 66 233-50-00 murojaat qilishingiz mumkin.