Haydar Aliyev nomidagi xalqaro ta’lim granti dasturi (“Heydar Aliyev International Education Grant Program”)ning 2026–2027-o‘quv yili uchun tanlovi e’lon qilindi.
Mazkur grant dasturi Heydar Aliyev nomi bilan atalgan bo‘lib, xorijiy talabalar uchun Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini yaratadi.
Ta’lim bosqichlari:
- Grant quyidagi bosqichlarda o‘qish uchun mo‘ljallangan:
- Bakalavr
- Magistratura
- Doktorantura
- Rezidentura
Dastur haqida
Ushbu grant iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish hamda Ozarbayjonning oliy ta’lim tizimida tahsil olish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan.
Grant dasturida ishtirok etish shartlari, talablar va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan quyidagi rasmiy havola orqali tanishish mumkin: https://studyinazerbaijan.edu.az
Qo'shimcha ma'lumotlar uchun SamDTU xalqaro aloqalar bo'yicha prorektor Ulmasov F.G'ga murojat qiling Tel:+998662332744